Jamshid Saidov: “Haqiqatdan ham noyabr oyi biz uchun omadli o'tdi”
03 dek 2015 12:30
Yangiliklar
Jamshid Saidov: “Haqiqatdan ham noyabr oyi biz uchun omadli o'tdi”
Jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Jamshid Saidov boshqalarni ortda qoldirdi. SHu munosabat bilan Saidovni bu borada fikrlari bilan qiziqdik.
- (Kulib) Nima deyish mumkin bu haqda?! Ochig'i, “Eng yaxshi murabbiy” nominaciyasida g'olib bo'lganimdan bag'oyat mamnunman. Buning uchun OAV xodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Ortda qolgan noyabr oyi nafaqat men uchun balki eng muhimi “Buxoro” jamoasi uchun ham juda omadli kechdi. Boisi o'zingizga yaxshi malumki, kuchlilar safida qolishni uddaladik. Bu bizning oldimizga qo'yilgan eng katta vazifalardan biri edi. Futbolchilarimga rahmat aytaman, ular o'z ishiga jiddiy yondoshdi.

- “championat.asia” sayti orqali imkon qadar xabar va yangiliklar bilan tanishib boraman. Vaqtim bo'ldi deguncha saytga kirib turaman. Oyning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nominaciyasida g'olib bo'lganlarni ham kuzatib kelmoqdaman – deydi Jamshid Saidov.
Islombek Rustambekov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar