Jamshid Saidov: “CHetlatishdan so'ng o'yin umuman o'zgarib ketdi"
25 sen 2020 20:30
Yangiliklar
Jamshid Saidov: “CHetlatishdan so'ng o'yin umuman o'zgarib ketdi"
Superliga 17-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Buxoro” (2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“CHetlatishdan so'ng o'yin umuman o'zgarib ketdi. O'ylagan rejalarimiz o'xshamadi. CHetlatishgacha hammasi yaxshi ketayotgandi.
Ha, “Andijon”da faoliyat olib borganman. Futbolchilarning barchasini yaxshi taniyman. Ularning nimalarga qodirli ekanligidan xabarimiz bor edi. Jarima zarbasidan gol o'tkazib yubordik, so'ng chetlatish...
Raqibni yaxshi bilardim, futbolchilarning imkoniyatlarini ham. Olti ochkolik o'yin edi. Oldinda o'yinlar ko'p, yigitlar o'zlariga kelib olib, navbatdagi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatishadi.
Darvozabon yarim jamoa. U qiyin pallalarda yordam bera olishi kerak. Unda o'ziga bo'lgan ishonch etishmaganini sezdim va almashtirdim”, - deydi Jamshid Saidov.
Fikrlar