So’nggi yangiliklar

07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  0 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  6 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5

Jamshid Saidov: "Bugun mahalliy ishqibozlar ham bizga muxlislik qilishdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Bugun mahalliy ishqibozlar ham bizga muxlislik qilishdi"

Superliganing 13-turidan "Qizilqum" - OKMK (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Muxlislarimizga raxmat, bizga oxirigacha ishonishdi va qo'llab-quvvatlashdi. Birinchi davra yakunini ajoyib g'alaba bilan yakunladik. Yigitlarga xarakter ko'rsatishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g'alabada jamoaning har bir azosini alohida mehnati bor. SHuningdek, takidlab o'tish kerak, bugun mahalliy ishqibozlar ham bizga muxlislik qilishdi. Albatta, ularga ham jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- Jamoliddin Ubaydullaevning zaxiraga olinishi jarohat bilan bog'liqmi?

- Ha, shunday bo'ldi. U raqib futbolchisi bilan kurashda jarohat oldi, majburiy almashtirishga qo'l urdik. Uning holati haqida barchasi tibbiy ko'rikdan so'ng malum bo'ladi.

- Evropa chempionatida Gruziya terma jamoasi ajoyib o'yinlar ko'rsatayapti. Umuman chempionatimizga keladigan gruzin futbolchilarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Jamoamizga keladigan legioner bizning principlarga mos tushishi kerak. Gruzin futbolchilarda kurashuvchan xarakter bor. Namangandagi o'yindan so'ng bizda jarohatlar bor edi. Gruziya terma jamoasi Evropa chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatib, Portugaliyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Umuman, gruzin futbolchilar haqida fikrim ijobiy.

- "Qizilqum" chempionat startini yaxshi boshlagandi. Biroq, keyinchalik natijalarda pasayish ko'zga tashlandi. Bu nima bilan bog'liq?

- Avval ham aytgandim, hozirgi Superligamiz saviya jihatdan anchayin kuchayib ketdi. Hamma jamoa tahlillarga asoslangan futbol o'ynayapti. Kuchsiz ko'rinayotgan jamoaning o'zi yo'q. "Nasaf" yoki "Paxtakor"ni oling, kuchli jamoalar, lekin ular ham har bir o'yinda katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика