So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Jamshid Saidov: "Bugun futbolchilar o'z darajasidan past tarzda harakat qilishdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Bugun futbolchilar o'z darajasidan past tarzda harakat qilishdi"

Dinamo - Buxoro uchrashuvidan so'ng Jamshid Saidov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“Bugungi uchrashuv aynan mana shunday asabiy tarzda kechishini bilardik. Birinchi davrada “Dinamo” sharafini himoya qilganlarning bir nechtasi “Buxoro”ga o'tishdi, bundan tashqari har ikkala jamoa uchun har bir ochko oltinga teng edi. SHu sabablarning barchasi bugungi o'yinnni manashunaqa agressiv va asabiy bo'lishiga olib keldi.Bugun ham imkoniyatlarimizni ko'kka sovurdik. Bizda bir nechta golga tortadigan vaziyat bo'ldi, afsus ulardan foydalana olmadik”-dedi Saidov.

-Smolyachenkoning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga, keyin darvoza chizig'iga borib tushdi. Ushbu vaziyatda bizning nazarimizda to'p chiziqni kesib o'tgan edi. Sizningcha bu vaziyatda gol bo'lganmidi?


-Hozir aniq javob berish juda qiyin. Men hali videoni takror ko'rganim yo'q. Biz o'tirgan nuqtadan xuddi-ki to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganday bo'ldi va gol borga o'xshadi, lekin hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdimi, demak gol bo'lmagan.

Bugun barcha futbolchilar nimagadir o'z darajasidan past tarzda harakat qilishdi. O'yindan oldin futbolchilarda ruhiy holat yaxshi edi, lekin nima bo'ldi ularga tushunolmadim. Balki stadiondagi muhit, xususan muxlislar tomonidan ularga nisbadtan juda ko'plab provakacion hayqiriqlar bo'lgani ularni o'z o'yinlarini namoish etishga to'sqinlik qilgandir. Bundan tashqari hamma ko'rib turibdi, raqiblarimiz ochiqchasiga ularni qo'polliklar bilan to'xtatib, ruhiyatiga tasir o'tkazib turishdi.

Bizda orqaga yo'l yo'q, kelasi uchrashuvlarda juda qiyin bo'ladi, lekin biz har bir uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'ramiz va faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика