Jamshid Saidov: "Biz uchun ortga yo'l yo'q"
23 okt 2020 20:15
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Biz uchun ortga yo'l yo'q"
Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Buxoro"(0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin haqida nima ham derdim, og'ir uchrashuv o'tkazdik. Futbolchilarga xohish va ishtiyoq uchun minnatdorchilik bildiraman. Turnir jadvalidagi holatimiz havas qiladigan darajada emas. Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz. Imkon boricha ko'proq ochko jamg'arishimiz kerak.
Jasur Hasanovda jarohat bor edi. Zafar Safoev o'yinga tayyor edi. Lekin, hozircha Sardor Qobuljonovning o'yini yaxshi chiqyapti.
Tarkibimizdagi yosh futbolchilarga ishonch bildiryapmiz. Biz uchun ortga yo'l yo'q. SHu sababli yigitlar kurashishmoqda. Imkon boricha intilishyapti, harakat qilishyapti, yuklatilgan vazifani bajarishyapti. Superligada qolish vazifasini uddalashga harakat qilamiz",- deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar