So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Jamshid Saidov: "Abdullaev ikki taym o'ynay olmaydi. Yangi sardorni futbolchilarning o'zlari tanlashdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Abdullaev ikki taym o'ynay olmaydi. Yangi sardorni futbolchilarning o'zlari tanlashdi"

Coca Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Jamshid Saidov qatnashdi.




"Paxtakor" O'zbekistonning eng kuchli jamoasi, yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega. Bugun mahorat o'z so'zini aytdi. "Paxtakor" ga OCHLda omad va muvaffaqiyatlar tilayman. Qo'ldan kelgancha kurashishgani uchun futbolchilarimga ham rahmat deyman", - deydi Jamshid Saidov.

- Jamoa yomon o'ynamadi. Lekin "Paxtakor"ning asosiy figuralari legionerlar hisoblanadi. "Buxoro" ham kuchli legionerlar olish uchun byudjeti etadimi?

- Birinchi davrada to'rt nafar legioner futbolchimiz bilan xayrlashdik. Bizning moliyaviy holatimiz yomon. Legioner bo'lganga yarasha 3-4 karra kuchliroq bo'lishi kerak. Yosh futbolchilar o'yindan o'yinga sifatlarini kuchaytirib borishadi. Ikkinchi davrada legionerlarsiz o'ynashga qaror qildik.

- Birinchi bo'limda bor yo'g'i uch marta ketma-ket to'rtta va undan ko'p pas bera olishdi. 45 daqiqa uchun kam emasmi?

- Tayanch zonasida yosh futbolchilar harakat qilmoqda. Balki, hayajonlanishgandir. "Paxtakor" biz istagan o'yinni o'ynashga yo'l qo'ymadi. Mahorat barchasini aytib turibdi.

- Jamoa uchta goldan keyin ham 5 himoyachi bilan o'ynashda davom etdi. Maqsad kamroq gol o'tkazishmidi?

- Bu taktik sxemada birinchi marta to'p tepayotganimiz yo'q. Futbolchilarga qo'yilgan vazifa himoyada harakat qilish va qarshi hujumlardan unumli foydalanish edi. Vaziyatlar yuzaga keldi, lekin foylalana olmadik.

- O'tgan o'yinlarda ham Izzatilla Abdullaev zaxiradan tushib gol urdi va almashtirildi. Bugun ham eng birinchilardan bo'lib almashtirildi...

- Izzatilla Abdullaevning holati ikki bo'lim o'ynashga javob bermaydi, yaqinda jarohatdan qutuldi. SHu bois yoki zaxiradan tushadi yoki almashtiriladi.

- Bu mavsum "Buxoro"ning sardori Jasur Hasanov edi. Bu kimning qarori edi?

- Aziz Ibragimovning sardor bo'lishini yigitlarning o'zlari hal qilishdi. Ibragimov birinchi marta bu jamoada o'ynamayapti. SHu bois futbolchilar sardor etib tayinlashdi.

- Bu yil Buxorodagi stadionda o'ynay olasizlarmi?

- Yo'q, katta ehtimol bilan o'z stadionimizda o'ynay olmaymiz. Mart oyida maysani ekish boshlangandi, pandemiya tufayli barcha ish cho'zilib ketdi. Hozir chim ekilsa ham keyingi yilga tayyor bo'ladi. Bu yildagi uy o'yinlarimizni Muborakdagi stadionda o'tkazishda davom etamiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика