Jamshid Qobulov va Sunnatillo Ermatov yana "Cementchi"da!
20 iyu 2017 17:49
Yangiliklar
Jamshid Qobulov va Sunnatillo Ermatov yana "Cementchi"da!
Ushbu futbolchilar o'tgan mavsumdagi ajoyib o'yinlari bilan bir qator oliy liga jamoalarining etiborini o'zlariga qaratgan edi. Yakunda jamoa raxbariyati Qobulovni “Neftchi” klubiga, Ermatovni Toshkentning “Obod” jamoasiga qo'yib yuborgan edi. O'z oldiga ulkan maqsadni qo'ygan jamoamiz ikkinchi davra avvalidan har ikkala futbolchini o'z jamoamizga qaytarib oldi. Hozirda futbolchilar jamoamiz bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda!
Malumot uchun, 1997 yilda tug'ulgan himoyachi Jamshid Qobulov Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yoshlari tarkibida birinchi davrada 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bitta golga mualliflik kilgan.

1995 yilda tug'ilgan markaziy yarim himoyachi Sunnatillo Ermatov esa Toshkentning “Obod” jamoasining asosiy tarkibida birinchi davrada 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

“Cementchi” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar