So’nggi yangiliklar

22:13"Пахтакор-Фарм" устози Бобур Абдураҳмонов: "Про лига ёш футболчилар учун яхши тажриба бўлади"  0 21:38"Истанбул Башакшехир" — "Трабзонспор". Таркиблар маълум  6 21:10Родриго учун мавсум якунланди  7 21:01Азамат Алланиёзов: "Арал"нинг мақсади — чемпионлик, мавсум бошланишини сабрсизлик билан кутяпмиз"  0 20:33"Астон Вилла" "Манчестер Сити" дарвозабонига кўз тикди  0 19:58"ТерДУ" устози Элдор Бойматов: "Қуръа яхши бўлди, университет жамоалари кутилмаган совға қила олади"  0 19:34"Милан" Жексонга кўз тикди  4 19:07Англия футбол ассоциацияси VAR'дан фойдаланишда инқилобий ўзгариш тайёрламоқда  3 18:39"Сурхон" Термизда аср ғалабасини қўлга киритиши мумкин  6 18:10ЎФА футболдан четлатган Жасур Мухторов 5,5 йилдан сўнг Суперлига ўйинини бошқаради  11 17:42"Пахтакор" сўнгги бор Қўқонда қачон ғалаба қозонган?  3 17:15Испаниялик мураббий "Андижон" ва "Навбаҳор"нинг муваффақиятли старти ҳақида гапирди  1 16:48Тареми Эронга қайтишни истаяпти  10 16:20"Нефтчи" ва "Андижон" офсайддан гол урдими? Суперлиганинг илк туридаги ҳакамлик таҳлили  13 16:02Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Хитой Бангладешдан устун келди  0

Jamshid Boltaboev: “Taklifni ikkilanmasdan qabul qildim” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “Taklifni ikkilanmasdan qabul qildim”

Antaliya yig'inida qatnashayotgan Jamshid Boltaboev klub matbuot xizmatiga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Samvel Vyacheslavovich qo'ng'iroq qildi”

- Assalomu alaykum, intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat. “Burgutlar” safiga qo'shilishimni asosiy sababi Samvel Babayan. Chunki bu insonni 7-8 yoshimdan beri taniyman. Samvel Vyacheslavovichdan ko'p narsa o'rganganman. “Navbahor”da ham 2,5-yil birga ishladik. “Andijon”ga bosh murabbiy bo'lgach, menga qo'ng'iroq qildi va taklif qildi. Bu haqida o'ylab ham o'tirmadim. “Andijon”ni bilaman, ularga qarshi ko'p o'ynaganman va o'zaro uchrashuvlarimizdan yaxshi xotiralar qolgan. Shuning uchun ikkilanmasdan taklifni qabul qildim. 

“Bu erdagilar barchasini o'z vaqtida bajarishyapti”

- Taassurotlarim juda ijobiy. Negaki, bu erdagi barcha futbolchilar va ishchilar ham o'z ishlarini vaqtida bilib qilishyapti. Ko'p jamoalarda bo'lganman. Masalan, klub ishchi-xodimlarida ham farq bor-da. Bu erdagilar esa barchasini o'z vaqtida bajarishyapti. Har tomonlama rivojlanishga harakat bo'lyapti. Shuning uchun barchasi yaxshi va ko'ngildagidek. 

“Endi “Andijon”daman”

- Oldin hech vodiyda o'ynayman deb o'ylamagandim. Agar Babayan vodiyda ishlamaganida balki kelmasdim. Aytib o'tganimdek, 2,5-yil “Navbahor”da to'p surdim, keyin vaziyat taqozosi bilan “Neftchi”da yarim yil o'ynadim va yana Namanganga qaytdim. Endi “Andijon”daman va mana vodiyni uchinchi klubi ham nasib qildi. 

“Superligada raqobatchi klublar ko'paymoqda”

- Jamoamizdagi o'zgarishlar yaxshi. Superligada ham raqobatchi klublar ko'paymoqda. Futbolchilarga ham, muxlislarga ham juda qiziq bo'ladi. Oldiga jiddiy maqsad qo'ygan jamoalar qancha ko'p bo'lsa, o'yinlar ham shuncha qiziqarli bo'ladi. Chempionat ham ancha ko'tarinkilik bilan o'tadi. Har tomonlama o'sish bo'ladi.  

“Tarkib bo'yicha qarasak ham bemalol maqsadga erishsak bo'ladi”

- Yangi jamoa yig'ilyapti. Tarkib bo'yicha qarasak ham bemalol oldimizga qo'yilgan maqsadga erishsak bo'ladi. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib bir maqsadni ko'zlab, hamjihatlik bilan harakat qilsak hammasi yaxshi bo'ladi.

“Men uchun raqam ahamiyatsiz” 

- 14-raqamda o'ynardim. Lekin bu bo'sh emas ekan. 8-raqamni tanladim. Jizzaxda o'ynaganimda ham 14 dan 8-raqamda to'p surganman. Bu menga begona emas. Lekin men uchun raqam ahamiyatsiz. Faqat bo'shligi uchun oldim.

“Asosiy vazifamiz bor va uni bajarishga harakat qilamiz”

- Muxlislarni har doim talabchan bo'lgani yaxshi. Biz maydonga tushganda o'z ishimizni qilamiz. Bor kuchimizni sarflab faqat g'alaba uchun kurashamiz. Hammasi yaxshi bo'lsa muxlislarni ham xursand qilamiz va o'zimiz o'ylagan maqsadga ham erishamiz. Futbol ishqibozlar uchun o'ynaladi. Asosiy vazifamiz bor va uni bajarishga harakat qilamiz.  

“Andijon” bilan ham juda qiziqarli bo'ladi”

- Bu yil 30 yoshga kiraman. Faoliyatimni bu bosqichini men uchun yana bir yangi chaqiruv desa bo'ladi. “Andijon”ni maqsadi jiddiy va yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Shuning uchun “Andijon” bilan ham juda qiziqarli bo'ladi.

“Ilk turda uyimizda muxlislarimiz qarshisida o'ynashni xohlardim”

- Dastlabki turda kim bilan bo'lishidan qatiy nazar muxlislarimiz qarshisida o'ynashni xohlardim. Uyimizda birinchi o'yin va ochilish bahsida g'alaba bilan ishqibozlarni quvontirsak zo'r bo'lardi. U yog'i ham yana g'alaba ruhida davom etardi. Raqib kim bo'lishini farqi yo'q. Kuchli jamoalar ko'p Oldindan bir nima deb bo'lmaydi. Baribir 3-4 ta aniq nomlar bor. Ularni orasida biz ham bormiz. “Neftchi”, “Nasaf”, “Paxtakor” kabi jamoalarga biz ham raqobat qila olamiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

   
13 jan 12:15:19
toha23111980
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Samvel Babayan sobiq Paxtakorchilar evaziga Andijonda super tarkib yeg'yapti. Menimcha Ekspert sifatida dangalini real aytsam Andijon FC bunday tarkib bilan bemalol 3-5 o'rinlar uchun salohiyati etadi. CHempion Paxtakor PFC 2,3 o'rinlar uchun kurash asosan Neftchi, Navbahor o'rtasida kechsa kerak. Bularga raqobat ko'rsatishi mumkin komandalar b'olsa Nasaf, Dinamo, Sog'diyona bo'lsalar kerak. Men doimo aniq prognoz berib kelganman. Hohlalaringiz bemalo meni shu fikrlarimni o'zlarngiz uchun skrinshot qilib olinglar.
Сиз Экспертмисиз.
   
13 jan 11:23:28
Туйгун
Бабаян бор жойда барака булмайди аммо Андижонни оддий мухлисларига гап йук фан клубидан бошка мухлисларини юртимизда хурмати баланд.
   
13 jan 10:51:26
Ўзбек футболининг муҳлиси
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Samvel Babayan sobiq Paxtakorchilar evaziga Andijonda super tarkib yeg'yapti. Menimcha Ekspert sifatida dangalini real aytsam Andijon FC bunday tarkib bilan bemalol 3-5 o'rinlar uchun salohiyati etadi. CHempion Paxtakor PFC 2,3 o'rinlar uchun kurash asosan Neftchi, Navbahor o'rtasida kechsa kerak. Bularga raqobat ko'rsatishi mumkin komandalar b'olsa Nasaf, Dinamo, Sog'diyona bo'lsalar kerak. Men doimo aniq prognoz berib kelganman. Hohlalaringiz bemalo meni shu fikrlarimni o'zlarngiz uchun skrinshot qilib olinglar.
Пахтакор чемпион дейиш яхши ниятми ёки шунақа маълумот борми сизда?
   
13 jan 10:45:24
Каримов
Нима булган такдирда хам Андижон мухлисларини хурсанд кил .
   
13 jan 10:13:06
Akbar Umarov
Samvel Babayan Qo'qon bosh murabbiysi bo'lsa u erdaham inshaalloh albatta o'ynaydi nasib ukalar, akalar nima dedinglar
   
13 jan 10:13:02
Akbar Umarov
Samvel Babayan Qo'qon bosh murabbiysi bo'lsa u erdaham inshaalloh albatta o'ynaydi nasib ukalar, akalar nima dedinglar
-1   
13 jan 10:02:07
Akbar Umarov
Samvel Babayan sobiq Paxtakorchilar evaziga Andijonda super tarkib yeg'yapti. Menimcha Ekspert sifatida dangalini real aytsam Andijon FC bunday tarkib bilan bemalol 3-5 o'rinlar uchun salohiyati etadi. CHempion Paxtakor PFC 2,3 o'rinlar uchun kurash asosan Neftchi, Navbahor o'rtasida kechsa kerak. Bularga raqobat ko'rsatishi mumkin komandalar b'olsa Nasaf, Dinamo, Sog'diyona bo'lsalar kerak. Men doimo aniq prognoz berib kelganman. Hohlalaringiz bemalo meni shu fikrlarimni o'zlarngiz uchun skrinshot qilib olinglar.
-1   
13 jan 09:52:30
Saidjamol
Bitta Qöqonda ham öynasen, hammasida öynab chiqqan bölasan
-2   
13 jan 09:51:52
Zohidjon Usarov
Каттан топади шунака гапларни хаммасиники бир хил уйлаб хам утирмадим эмиш просто Андижон купрок пул вада килди шунга утдим десанг тугри булади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика