So’nggi yangiliklar

11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  1 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  2 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  13 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  2 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0

Jamshid Boltaboev: “Paxtakor–79” har doim yodimizda” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “Paxtakor–79” har doim yodimizda”

1979 yilning 11 avgust kuni o'zbek futboli jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo'yilgan.
Xuddi shu kuni “Paxtakor” jamoasining yigitlari Ukraina osmonida samoga sochildi. Biz har yili 11 avgust sanasini qayg'u va alam bilan yodga olamiz. Ertaga ushbu yigitlarimizning bu yorug' olamdan ko'z yumganiga roppa – rosa 37 yil bo'ladi. Ushbu qayg'uli kunni eslab “Paxtakor” klubining futbolchisi Jamshid Boltaboev “Paxtakor – 79“ jamoasini bir zum yodga oldi.

-  Biz har yili 11 avgust sanasi kuni butun jamoa bilan “Paxtakor” stadionida yig'ilib Botkin qabristoniga borib ularni eslab qabrlariga gullar qo'yib ziyorat qilamiz. O'sha paytda “Paxtakor” jamoasi juda ham kuchli bo'lgan. Kievning “Dinamo”siga to'rtta gol urib mag'lubiyatga uchratishgan.

Agarda o'sha mudhish voqea bo'lmaganida balki futbolimiz bundanda rivojlangan bo'larmidi. Mixail An, Federov, Olim Ashirov mana shu futbolchilarning o'yinlarini kattalardan eshitib kelganmiz. Menimcha avloddan – avlodga o'tib kelsa kerak. “Paxtakor – 79” jamoasi har doim yodimizda bo'ladi. Biz ularni hech qachon unutmaymiz”, - deydi “Paxtakor” klubi futbolchisi Jamshid Boltaboev.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика