So’nggi yangiliklar

08:24“Рома“ни бошқариш учун иккита асосий номзод бор  0 07:55Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:28Ўзбекистон кубоги. Бугун “Пахтакор“ — “Насаф“ учрашуви бор  8 01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  28 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  11 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  13 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  2 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  7 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  12 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  56 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  32 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  4

Jamshid Boltaboev: “Jaloliddinovga imkoniyat berilsa o'zini ko'rsatadi, shoshib o'rtamiyona chempionatga yo'l olmoqchi emasman” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “Jaloliddinovga imkoniyat berilsa o'zini ko'rsatadi, shoshib o'rtamiyona chempionatga yo'l olmoqchi emasman”

Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi “So'g'diyona” so'nggi ikki mavsumda yaxshi natijalar qayd etmoqda.

2019 yil Superligada to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lsa, bu yil turli sabablarga ko'ra ikki pog'ona pastladi va oltinchi o'rin bilan kifoyalandi. Etibor berayotgan bo'lsangiz avvallari elitada jon saqlash uchun kurashadigan jamoa Baqoev boshqaruvida yuqori o'rinlar uchun kurashdi. Grandlardan ochko olishni uddasidan chiqdi, har bir o'yinda raqiblariga munosib qarshilik ko'rsatdi. Bunda maydonda katta hajmda ishni bajarayotgan futbolchilarning ham hissasi katta. Yaqinda jamoaning mahoratli yarim himoyachisi Jamshid Boltaboevni suhbatga chorladik.

- Barcha berilayotgan odatdagidek savol. Dastlab yakunlangan mavsum haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Natijadan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, “So'g'diyona” uchun Superliga bahslari qanday kechdi?

- Bu yil faqat o'zbek futboli uchun emas, butun jahon futboli uchun qiyin kechdi. Pandemiya barcha hamma narsaga o'z tasirini o'tkazdi. SHu qatori sportga ham. Mavsumni endi boshlaganimizda karantin boshlandi. Ikki oydan oshiq vaqt mobaynida hamma oila davrasida bo'ldi, mashg'ulotlar yakka tartibda olib borildi. Sport formamizga qaytishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Umuman olganda barchasini boshidan boshlashimizga to'g'ri keldi. Joriy mavsumda oltinchi o'rinni egalladik, menimcha yomon emas. Ikkinchi davrada o'zimizga kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'arib biroz bo'lsada natijalarimizni yaxshilab oldik. Agar birinchi davrada kerakmas joyda ochko yo'qotmaganimizda kuchli uchlikdan joy olishimiz mumkin edi.

- “Sug'diyona” poytaxt jamoalaridan ochko oldi, “Paxtakor” va “Nasaf” mag'lub etildi, AGMK maydonida durang qayd etildi. Oldinlari ushbu holatga sensaciya sifatida qaralardi...

- CHunki, jamoa oxirgi ikki yilda jamoa sifatida o'sishga erisha oldi. Bunda murabbiyimizning mehnatlarini alohida ko'rsatgan bo'lardim. Ulug'bek aka bizni ahil jamoa sifatida birlashtirdi. Futbolda ko'p narsa jamoaviy o'yinga bog'liq. “So'g'diyona”da individual kuchli futbolchilar yo'qdir, lekin jamoaviy o'yin bor. SHuning hisobiga kuchli jamoalar bilan yaxshi o'ynab ochko olishni uddasidan chiqmoqdamiz. Xudo xohlasa keyingi mavsumda ham xuddi shu ruhda davom etishni istaymiz.

- Klub avvalgi yillarda asosan pastki o'rinlarda yurar edi. Lekin mana ko'rmoqdamizki jamoaga etibor ancha oshdi, medallar uchun kurashadigan darajaga chiqdi...

- Jamoaning har bir azosi yagona maqsad ostida jamlandi. Buning samarasini qayd etayotgan natijalarimiz ko'rsatib turibdi. Aytganingizdek oldinlari birinchi ligaga (Pro liga) tushib ketmaslik uchun kurashardi. O'tgan mavsum bronza medallariga ega chiqishimiz uchun uch ochko etishmadi. Bu yil qiyin sharoitda bo'lsa ham kuchli oltilikdan joy oldik. Medallar uchun kurashadigan jamoa bo'lib shakllanmoqchimiz.

- Odatda mavsum yakunlangach ko'plab futbolchilarimizga xorijdan chorlovlar tushadi. Sizda ham faoliyatingizni chetda davom ettirish istagi bormi?

- Bunday xohish barcha futbolchida bor. Lekin o'zimni hali xorijda o'ynashga tayyor deb o'ylamayman. Yana 1-2 yil o'z ustimda ishlab yaxshiroq chempionatga yo'l olishni maqsad qilganman. Hozirda shoshma-shosharlik bilan qaror chiqarib o'rtamiyona klubga o'tgandan kutishni maqul deb bilaman.

- So'nggi yillarda turli yoshdagi terma jamoalarimizning xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatsiz ishtiroki futbolchilarimizning xorijga yo'l olishiga to'sqinlik qilayotgandi. Negaki, xalqaro maydon yoshlar uchun qaysidir manoda reklama vazifasini o'tayotgandi. Eng achinarlisi biz orada bir nechta avlodni yo'qotdik....

- O'smirlar va yoshlar terma jamoalarimizga saralash bahslarida omad etishmadi. O'zimizdan kuchsiz terma jamoalarga mag'lub bo'ldik. Endilikda o'tgan ishlarni unutib hozirgi yoshlarimizga ko'proq etibor qaratishimiz zarur.  Terma jamoalarda taniqli murabbiylar ishlamoqda. Server Jeparov, Olim SHokirov, Timur Kapadze, bular o'z nomiga ega bo'lgan mutaxassislar. Tajribasiga shubha yo'q. O'ylaymanki, bularning qo'l ostida ko'plab iqtidorli futbolchilar chiqadi.

- Xorijga yo'l olish uchun eng yaxshi yosh qaysi deb o'ylaysiz?

- 21-24 yosh. Bu mening shaxsiy fikrim.

- Jasur Jaloliddinov xorijga erta ketdimi?

- Mazkur masalada biror narsa deya olmayman. Jasur iqtidorli futbolchi, imkoniyat berilsa o'zini ko'rsatadi. Lekin erta yoki kech ketgani haqida fikr bildirish mening vakolatimga kirmaydi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика