Jamoliddin Ubaydulloev: "Orol" bilan bahs qiziqarli bo'lishi aniq"
14 may 2018 14:33
Yangiliklar


Jamoliddin Ubaydulloev: "Orol" bilan bahs qiziqarli bo'lishi aniq"
PRO-liganing 9-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Orol" uchrashuvidan oldin mezbonlar yarim himoyachisi Jamoliddin Ubaydulloev o'z fikrlarini bildirdi.
"O'tgan turlarda jamoamiz ketma-ket g'alaba qozonib, muhlislarimizni quvontirdi. O'zimiz ham ruhiy xolatimizni va turnir jadvaldagi joyimizni saqlab qoldik. Bugun "Orol" bilan o'ynaymiz. SHubhasiz bizni yana bir qiziqarli bahs kutib turibdi.
O'ylaymanki bugun jamoamiz bilan yana bir bor ijobiy natija qayd etamiz. Bunga imkoniyatimiz hamda kuchimiz etarli. Muhlislarimizni stadionda kutib qolamiz va ularni ham bugungi bahsga kelishlariga ishonamiz", - deydi Jamoliddin Ubaydulloev.
Dilshod Safarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar