Jamoliddin Ubaydullaev: “Murabbiy ishonchini qozonishim shart edi”
24 may 2016 09:42
Yangiliklar
Jamoliddin Ubaydullaev: “Murabbiy ishonchini qozonishim shart edi”
O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi “Buxoro” - “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi javob o'yini (1:0) yakunlangach, buxoroliklar vakili Jamoliddin Ubaydullaev o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin juda qiziqarli o'tdi. Muxlislar umidlarini oqlab, keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. Nasib qilsa, kubok yo'lidagi keyingi o'yinlarni ham muvaffaqiyatli yakunlab, ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz.
Kubok o'yinlarida murabbiy menga ishonch bildirib, zaxiradan bo'lsada maydonga tushirmoqda. Tarkibda juda tajribali va nomdor o'yinchilar yig'ilgan. SHundan kelib chiqib, tarkibdan joy olish uchun kichik imkoniyatdan ham maksimal darajada foydalanishim kerak edi. Bugungi o'yinda murabbiy ishonchini oqladim, degan umiddaman, - deydi Ubaydullaev.
Eslatib o'tamiz, aynan Jamoliddin Ubaydullaev tomonidan ishlangan penalti evaziga “Buxoro” gol urib o'z uyida ham g'alabani tantana qildi.
"Buxoro" matbuot xizmati

Fikrlar