Jamoliddin SHaripov: "Barcha jamoalar biz uchun noqulay raqib"
17 jan 2017 12:48
Yangiliklar
Jamoliddin SHaripov: "Barcha jamoalar biz uchun noqulay raqib"
Kunning birinchi uchrashuvida amaldagi chempion "Olmaliq" "Maksam-CHirchiq"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (6:2). O'yindan so'ng olmaliqliklar hujumchisi Jamoliddin SHaripov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Har qanday o'yinchi maydonga g'alaba qozonish uchun tushadi, biz ham huddi shu aqidaga amal qilgan holda o'ynaymiz. Lekin, hamma jamoalarga qarshi bir xil tayyorgarlik qilib bo'lmaydi. SHunga qaramay, barcha o'yinlarda bo'shashmaslikka harakat qilayapmiz.
Kimlar biz uchun noqulay raqib? Barcha jamoalar. Turnir jadvalining pastki qismida borayotgan klublarga qarshi o'yinlar ham qiyin o'tmoqda, faqatgina tajriba hisobiga gollar urib uch ochkoni o'zimizniki qilib olayapmiz. Savolga yana ham aniqroq javob beradigan bo'lsam, "Do'stlik-AIN", "Ardus" va "Kogon" jamoalariga qarshi o'ynash ancha qiyin", - deydi Jamoliddin SHaripov.
Fikrlar