So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Jamoliddin Rahmatullaev: "Penalti yigitlarimning ruhiyatini sindirgani yo'q" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "Penalti yigitlarimning ruhiyatini sindirgani yo'q"

U-17 Osiyo chempionati chorak finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev o'z fikrlarini bildirdi.

- Avvalambor, barchaga rahmat. Biz minimal vazifani bajardik. Barchani yaqinlashib kelayotgan Hayit ayyomi bilan tabriklab qolamiz. SHuningdek, g'alaba bilan ham tabriklayman. Bu ish uchun biz katta harakat, mehnat qildik. Murabbiylar shtabida juda ko'p inson birga mehnat olib bordik. Ustozim Usmon Qudratovich ham elkama-elka yonimda turibdilar. Umuman olganda barchaga katta rahmat aytaman. 

O'yinga keladigan bo'lsam, juda ham ajoyib o'yin bo'ldi. Haqiqiy jangga qiyoslasak bo'ladi. Bazi vaziyatlarda yigitlarim juda qiyin holatga tushib qolishdi. Belgilangan 11 metrlik penaltiga qaramasdan bolalarim ruhini tushirmadi va maksimal ravishda harakat qilishdi. Bu ularning g'alabasi. 

So'nggi paytlarda O'zbekistonda futbolga bo'lgan etibor tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada yuqori. Mamlakatimizdagilar futbolni juda ham sevishadi, futbol bilan yashashadi. Bunga misol qilib aytish mumkinki, Prezidentimiz katta o'yinlarni stadiondan ko'rib boradilar, bizdan yaxshi natija kutadilar. Bu esa yosh yigitlarimizga katta motivaciya bo'ladi. Hali oldimizda ikki o'yin turibdi, uni g'alaba bilan yakunlashimiz kerak. Keyin esa yigitlar jahon chempionatida o'zlarini ko'rsatishlari kerak. Maqsad - yigitlarni milliy terma darajasiga olib chiqish. Bu esa yigitlarga natija va katta ishtiyoq taqdim qiladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика