So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

Jamoliddin Rahmatullaev: "Futbolchilarimga raqibdan qo'rqish kerak emasligini takidlagandim" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "Futbolchilarimga raqibdan qo'rqish kerak emasligini takidlagandim"

"Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022" turnirining 2-turidan o'rin olgan Yaponiya – O'zbekiston (0:3) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz ustozi Jamoliddin Rahmatullaev fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor, barchani g'alaba bilan tabriklayman. SHogirdlarimga katta rahmat aytaman. Ular oxirgi daqiqaga qadar kurashishdi. Avval ham aytganman, Yaponiya nafaqat yoshlar futbolida, balki kattalar terma jamoasida ham Osiyoda o'z o'rniga ega. Bugun ham o'yinni yaxshi boshlashdi. 

Futbolchilarimga raqibdan qo'rqish kerak emasligini takidlagandim. Maydonda buni isbotlashdi. Navbatdagi uchrashuvga odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi Jamoliddin Rahmatullaev.

- O'zbekiston birini o'yinga qaraganda asosiy tarkibda 2 ta, Yaponiya 9 ta o'zgarishga qo'l urdi. Bu nima bilan bog'liq? 

- Hozirgi kunda tayyorgarlik jarayonida terma jamoaning asosiy tarkibini shakllantirmoqdamiz. Bunday raqibga qarshi birinchi o'yinda tushgan futbolchilarni sinab ko'rdik. Keyingi uchrashuvlarda rotaciyaga qo'l urib, qolgan futbolchilarga ham imkoniyat beramiz. 

- Bu hozirgi kundagi optima tarkibmi?

- Terma jamoada hech kimga joy kafolatlanmagan. Rasmiy o'yinlar vaqtida eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan futbolchilar maydonga tushadi. Barchada imkoniyat bir xil.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика