So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  2 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Jamol Belmadi: "Tanaffusda amalga oshirilgan taktik o'zgarishlar o'z mevasini berdi" Yangiliklar

Jamol Belmadi: "Tanaffusda amalga oshirilgan taktik o'zgarishlar o'z mevasini berdi"

OCHL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Duhail" (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Jamol Belmadi qatnashdi.

- Jamoamiz uchun juda qiyin uchrashuv bo'ldi. Biz Toshkentdan 3 ochko bilan qaytishga ishongandik. Yakunda ham bunga erishdik. To'g'ri, birinchi bo'lim biz istagandek o'tmadi. Yani o'yin bobida "Loko" bizdan ko'ra kuchliroq ko'ringandi. Ammo tanaffusdan so'ng amalga oshirilgan o'zgarishlardan keyin o'yinimiz tubdan o'zgardi. Tashabbus to'lichligicha bizning qo'limizga o'tdi. Taktik o'zgarishlar natijasida biz o'yin tizginini qo'lga oldik. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz orqali g'alabaga loyiq futbol ko'rsatdik, deb o'ylayman.
Biz keyingi bosqichga chiqdik, ammo bu degani OCHL guruh bosqichidagi missiyamiz o'z nihoyasiga etganini anglatmaydi. Vazifamiz guruhda peshqadamlikni saqlab qolish. Keyingi bo'lajak ikki uchrashuvda tarkib butkul o'zgarmaydi. To'g'ri, bazi etakchilarga hordiq chiqarish uchun imkoniyat taqdim etamiz. O'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilar uchun yo'l ochiladi. Ammo kelasi ikki o'yinga beetibor qarashga haqqimiz yo'q. SHu boisdan ham tarkibda keskin o'garishlar kuzatilmaydi, - dedi "Al Duhail" bosh murabbiyi Jamol Belmadi.


SHu o'rinda "Lokomotiv" - "Al Duhail" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan mehmonlar hujumchisi Al Arabi ham matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- G'alaba qozonganimizdan benihoyat xursandman. Ketma-ket to'rtinchi o'yinda yutish bu juda yoqimli. Murabbiyimizning tanaffusdagi taktik o'zgarishi bizni ikkinchi bo'limda bizni o'yg'otdi. Men jamoam g'alabasidan ko'proq xursandman. Gol urish esa meni vazifam. Buni uddalaganim ham albatta kishiga yaxshi kayfiyat taqdim etadi. Jamoamiz joriy mavsumda OCHLni ancha muvaffaqiyatli o'tkazmoqda. Biz guruhdan chiqish vazifasini uddalaganimizdan xursandmiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика