Jamoasini uchinchi ligadan APLga olib chiqqan murabbiy iste'foga chiqishga yaqin

Mirjalol Normatov
12 mar 2021, 23:11
"Sheffild Yunayted" yaqin vaqtlar ichida bosh murabbiysiz qolishi mumkin.

"Sky Sports" nashrining yozishicha, ayni damda jamoani boshqarayotgan Kris Uaylder yaqin vaqtlar ichida jamoa boshqaruvidan ketishni istamoqda. 53 yoshli mutaxassis "Sheffild"ni 2016 yilning mayidan buyon boshqarmoqda. U jamoani Liga 1 (kuch borasida uchinchi divizion)dan APLga olib chiqqan.

Ushbu mavsumda yorkshirliklar APLning 28 turida 14 ochko jamg'arib, so'nggi o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports