APL debyutanti bosh murabbiyi bilan shartnomasini uzaytirdi

10 iyul 2019, 07:25
Kris Uaylder “Sheffild Yunayted” bilan yangi kelishuvga erishdi.

Unga ko'ra, Uaylder “Sheffild”da yana uch yil qoladigan bo'ldi. 51 yoshli murabbiy jamoani 2016 yildan beri boshqarib keladi. U o'z vaqtida (1986-1992, 1998-1999) jamoa sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan.

“Sheffild” uning qo'l ostida uzoq tanaffusdan so'ng yana APLga qaytishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Шеффилд Юнайтед” расмий сайти