So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Jamoalarimizning OCHLdagi mavqei Yangiliklar

Jamoalarimizning OCHLdagi mavqei

Teglar :  OCHL-2019
Osiyoning klublar o'rtasidagi eng muhim musobaqasi hisoblanmish Osiyo chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlari yakuniga etib, jamoalarning asl kuchi qanday ekanligi asta-sekinlik bilinib bormoqda.

SHu jumladan yurtimiz jamoalari hisoblanmish “Paxtakor” va “Lokomotiv”ning ham ushbu musobaqaga qay tariqa tayyorgarlik ko'rgani va qay yo'sinda yondoshgani natijalarda aks etmoqda. SHota Arveladze boshchiligidagi Paxtakor ''o'lim guruhi'' deya etirof etilgan guruhda 8 ochko jamg'argan holda so'nggi turda Saudiya Arabistonida guruhdan chiqish uchun jang olib boradigan bo'lsa, ''temiryo'lchilar'' esa bir qarashda kuchsizdek tuyulgan guruhda 4 ochko jamg'argan holda musobaqa bilan muddatidan avval hayrlashdi. Ushbu uchrashuvlar muxlislarimizning kayfiyatiga ikki xil taassurot uyg'otdi deyishimiz mumkin. Quyida jamoalarimizning ushbu turnirdagi mavqei va natijalari hususida biroz mulohaza qilamiz.

Yaxshi bilasizki ushbu musobaqa 2002 yildan beri yangicha formatda o'tkazib kelinmoqda. Ushbu davrlar oralig'ida O'zbekiston nomidan ''Paxtakor'', ''Bunyodkor'', ''Lokomotiv'', ''Nasaf'', ''Neftchi'' va ''Mashal'' singari jamoalar turli yillarda maydonga tushgan. Eng yuqori natijaga ''Paxtakor'' va ''Bunyodkor'' jamoalari erishgan bo'lib, ular bu musobaqada ikki bora yarim finalga qadar etib borgan. So'nggi yillarda esa jamoalarimiz uchun xattoki o'z guruhidan chiqishlari ham murakkablashib bormoqda. So'nggi bora ''Lokomotiv'' jamoasi 2016 yilda o'z guruhidan chiqib, chorak finalga qadar etib borgan edi. Umuman so'nggi yillarda jamoalarimizning natijasi pasayib borgan holda, musobaqadagi o'z mavqelarini tushurib yubormoqda deyish mumkin. Avvalari xuddi hozirgidek g'arb mintaqasida ishtirok etgan etakchi jamoalarimiz uchun Eron, BAA va Qatar jamoalari u qadar qo'rqinchli tuyulmas edi. Faqatgina Saudiya Arabistoni jamoalari bilan bahslarda vakillarimiz qiyinchilikka yuz tutar va yana Quvayt, Iroq va Suriya jamoalaridan qandaydir sabablarga ko'ra uchralgan mag'lubiyatlar bizning “oyog'imizdan tortib” qolar edi. So'nggi yillarda jamoalarimizning qoqilishiga sabab bo'ladigan arab jamoalarining tarkibini kuzatar ekanmiz ularning tarkibida o'z milliy terma jamoalarida to'p tepadigan mahalliy yulduz futbolchilar va ulardan kamida bir bosh ustun turadigan xorijlik futbolchilarni ko'rishimiz mumkin. Demak biznikilar ham ularga munosib qarshilik qilish uchun eng avvalo o'z tarkibida kuchli mahalliy futbolchilar va ulardan ustun turadigan legionerlarni qo'shib olishi kerak.



Joriy yilgi musobada ishtirok etayotgan Toshkentning ikki jamoasi tarkibini kuzatar ekanmiz ular orasida tafovut borligini ko'rishimiz mumkin. Amaldagi O'zbekiston chempioni sifatida ishtirok etayotgan ''Lokomotiv''ni Nesterov, Aliboev, Rashidov, Bikmaev, SHoahmedov singari futbolchilar tark etishdi. Mazkur yo'qotishlar o'rnini qoplash uchun harid qilingan futbolchilar unchalik ishonchni oqlay olishmayapti. Javohir Ilyosovni bundan mustasno deyishimiz mumkin. "Paxtakor'' esa garchi biz kutgandek legioner olib kelmagan bo'lsada, o'z tarkibini termamizda to'p tepadigan futbolchilarni qo'shib olgani va mavsum avvalida jamoa etakchisi Jaloliddin Masharipovni olib qolgani jamoaning mazmunli o'yin ko'rsatishiga sabab bo'lmoqda. Yurtimizga kelayotgan legionerlar hususida ko'p gapiriladi. Albatta yaxshi va sifatli legionerlarni olib kelishning o'zi bo'lmaydi. Buning uchun ularga avvalo katta mablag' zarur. Lekin zaxira o'rindig'ini isitish uchungina olib kelingandek taassurot uyg'otadigan legionerlar nima uchun kerak. Mayli chetdan tuzukroq futbolchi olib kelinmaganiga yarasha o'z jamoalaridagi etakchilarni saqlab qolishga harakat qilsa bo'lar edi-ku. Masalan ''Loko” Aliboev yoki SHoahmedovni jamoada olib qolganda jamoaning natijalari balki boshqacha bo'lishi mumkin edi.



Balki chempionlar ligasida mamlakatimiz nomidan harakatlanadigan jamoalarimiz imkon qadar o'z futbolchilarini Osiyo jamoalariga qo'yib yubormay turgani maqulmikin. CHunki baribir futbolchilarimizning Koreya, BAA, Qatar va ayniqsa Malayziya chempionatlarida to'p tepib o'sishga erishishi qiyin. Tasavvur qiling, agarda ''Paxtakor'' ham Masharipovni biror-bir arab jamoasiga sotganida o'z o'yinlari bilan “Paxtakor” yutuqlariga hissa qo'shish o'rniga, o'z fintlari bilan sanoqli arab shayxlarinigina quvontirishi mumkin edi holos.

Bundan buyog'iga musobaqada birgina ''Paxtakor''ning imkoniyati qolganini hisobga olsak, bor diqqat etiborimizni endi ''sherlar''ga qaratib, ularning kamida finalga qadar yo'l olishini istab qolgan bo'lar edik. SHundagina jamoalarimizning ushbu musobaqadagi boy berilayotgan obro'si ko'tarilib, qitada o'z nufuzining tiklanishiga hizmat qilar edi.

Maqsud Yahyoev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика