"Jamoadan tashqarida bo'lish – har bir futbolchi uchun eng yomon tuyg'u" - Zinchenko
12 dek 2022 18:29
Yangiliklar
"Jamoadan tashqarida bo'lish – har bir futbolchi uchun eng yomon tuyg'u" - Zinchenko
Aleksandr Zinchenko o'zining jismoniy holati haqida gapirdi.
"Mushaklarim ozgina qiynalmoqda, lekin deyarli tayyorman, tashvishlanadigan hech narsa yo'q. Albatta, formaga qaytish va imkon qadar tezroq qaytish uchun ko'p mehnat qilyapman. Jamoadan tashqarida bo'lish – har bir futbolchi uchun eng yomon tuyg'u.
So'nggi ikki oy ichida menda muammolar bo'ldi, lekin umid qilamanki, bu ortda qoldi. Endi esa bor etiborimni to'liq jamlaganman va mavsumning qayta boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", – dedi "Arsenal" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Zinchenko joriy mavsum APL joriy mavsumida 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Uning hisobida 1 ta golli uzatma bor.
Fikrlar