So’nggi yangiliklar

16:30Лондоннинг икки клуби Тоунини сотиб олмоқчи  0 16:06"Челси" 75 миллион фунтга Украина термаси футболчисини сотиб олиши мумкин  1 15:45Рубен Аморим "Спортинг"да қолади  1 15:26Тео Эрнандес "Бавария"га ўтиши мумкин  1 15:02Лопетеги "Вест Хэм" билан келишиб олди  0 14:18Ўзбекистон Суперлигаси. "Металлург" "Пахтакор"ни атиги 4 марта, ОКМК эса "Насаф"ни 5 бор таслим қилган  2 14:07"Арсенал" ёзда Хатони сотиб олмоқчи  7 13:49«Лестер» футболчилари вафот этган собиқ президентига ҳурмат бажо келтиришди  2 13:48Хави барибир ёзда "Барселона"дан кетиши мумкин  5 11:10«Челси» «Шахтёр»дан 65 миллион фунтга футболчи сотиб олмоқчи  6 10:43Аббосбек Файзуллаев: «ЦСКАнинг жойи 8-ўрин эмас...»  11 10:18«Манчестер Юнайтед» навбатдаги антирекордларни янгилади  17 09:52Маурисио Почеттинонинг ўрнига ёзда «Челси»га ким бош мураббий бўлиши маълум  12 09:26Виржил ван Дейкнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  1 09:00Тимур Кападзе Парижга бориши мумкин бўлган ёши катта футболчилар ҳақида фикр билдирди  65

"Jamoadan ketganim yo'q "- Bahrom Haydarov, "Surxon"ni Superligada olib qolish va navbatdagi rejalar haqida Yangiliklar

"Jamoadan ketganim yo'q "- Bahrom Haydarov, "Surxon"ni Superligada olib qolish va navbatdagi rejalar haqida

"Surxon" jamoasi joriy mavsumda Superligada o'rnini saqlab qolishni uddasidan chiqa oldi.

Ikkinchi davrada  "Nasaf",  "Metallurg",  "Navbahor",  "Mashal" bilan kechgan uchrashuvlar "Surxon" uchun ko'p narsani hal qilib berdi, deya olamiz. Boisi mana shu bahslarda jamoa o'zi uchun qimmatli ochkolar ni qo'lga kiritdi. Klubning navbatdagi rejalari ulkan. Avval malumot berilganidek keyingi mavsumda kuchli xomiylar qo'liga o'tishi kutilmoqda. Biz bu borada jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- "Surxon" jamoasi oxirgi pallada "Mashal"ni mag'lub etib Superligada qolishni uddasidan chiqa oldi. Dastlab shu va mavsum haqida xulosalaringiz...
- Ko'pchilik sezgan bo'lsa kerak, joriy yilgi mavsum so'nggi ikki mavsumga qaraganda ancha qiziqarli kechdi. Ikkinchi va uchinchi, elitada qolish uchun kurash oxirgi turgacha davom etdi. Turnir jadvalida intriga kuchli bo'ldi. Autsayderlar orasida raqobat jiddiy o'tdi.

- Buni ikkinchi davrada tarkibga yangi qo'shilgan futbolchilarning samarasi, desak bo'ladimi? Agar birinchi davradagi tarkib  qolganida bu juda qiyin bo'lardi...
- Albatta davralar oralig'ida  tarkibga kelib qo'shilgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi, foyda berdi. Javohir Sohibov, Nikita Pavlenko, Abdul Aziz Yusupovlar katta hissa qo'shishdi, deb o'ylayman. Birinchi davradagi jamoa ham yaxshi edi. Faqat shakllanmagan edik. Ular qolganda ham vazifani uddasidan chiqishimiz mumkin edi. CHunki jamoa o'z o'yinini topib olayotgandi. 

- Jamoa" Metallurg", "Nasaf" "Navbahor" bilan o'yinlarda qimmatli ochkolarni qo'lga kiritdi. Qiyin pallada futbolchilarni bunday o'yinlarga tayyorlash qanday bo'ldi?
- Alohida tayyorgarlik bo'lmadi. Har bir o'yinga bir hil hozirlik ko'rdik. Ikkinchi davrada ko'proq ochko to'plashimiz kerak edi. Superligada qolish uchun bir ochko ham ochko hisoblanardi. O'sha o'yinlarda omadimiz keldi. Mag'lubiyatga uchragan bellashuvlarimizda ham jangovar o'yin ko'rsatdik. Masalan "So'g'diyona",  "Qo'qon-1912"ga qarshi yaxshi o'ynab yuta olmadik.

- "Surxon"dagi faoliyatingizni davom ettirasizmi? Bilishimizga qaraganda "Turon" qiziqayotgan ekan...
- Eshitgan bo'lsangiz, klubda yangi o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Faoliyatimni davom ettirishim kerak. CHunki butun murabbiylar shtabining ikki yillik shartnomasi bor. Birinchi davradan so'ng Superligada qolsak ikki yillik shartnoma borasida kelishuvimiz bor. Voqealar rivoji qanday davom etadi, bilmayman. Biror jamoa qiziqayotganini sizdan eshityapman. Agarda qiziqayotgan bo'lsa, ular bilan ham gaplashamiz. "Surxon"dan ketayotganim yo'q. 

- Klubning yangi egalari rejalarni ishlab chiqishdimi?
- Yuqorida takidlaganimdek hali ular egalik qilgani yo'q. Hozircha gap-so'z. Bu egalik qiladi, degani emas. Faqat homiy sifatida kirib kelyapti. Yaqin 5-6 kunda rejalar haqida klub vice prezidenti va homiylar gaplashib olishadi. SHunga qarab rejalar tuzamiz. 

- Jamoani Superligada olib qolganingiz faoliyatingizda yangi sahifa ochadimi?
-  "Surxon"ni Superligada bitta men emas, butun jamoa olib qoldi. Hamma hissasini qo'shdi. Jamoa muxlislari oldida vada bergan edik. Ushbu vazifani uddalaganimizdan xursandman. O'ylaymanki, keyin ham oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olamiz. SHuni aytib o'tishim kerakki, jamoamiz uchrashuvlarni Toshkentda emas, Termizda o'tkazadi. Stadionimizning kiyinish xonasi, boshqa xonalar rekonstrukciya qilinadi.

Abdulaziz  Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика