So’nggi yangiliklar

00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  1 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  1 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  6 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  2 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  13

Jalolobodda "Barselona" akademiyasi ochildi Yangiliklar

Jalolobodda "Barselona" akademiyasi ochildi

Qirg'iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bugun Jalolobod shahrida "Barselona" akademiyasining ochilish marosimida qatnashdi.

Marosimda Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta va afsonaviy futbolchilar ishtirok etdi.

Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov bugun Jalolobod shahrida “Barselona” futbol akademiyasini rasman ochib berdi. 

Sadir Japarov futbol millionlab insonlar qalbini to'lqinlantirib, o'ziga xos tuyg'ularni uyg'otadigan hayajonli o'yin ekanligini takidladi. SHu bois futbol dunyodagi birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Butun dunyodagi singari Qirg'iz Respublikasida ham futbolning nufuzi juda yuqori, uning yuz minglab muxlislar bor.

"Futbolchilarimizning so'nggi yillarda erishgan yutuqlaridan mamnunmiz, ajoyib taassurot qoldirgan jamoamizning g'alabalaridan mamnunmiz. Masalan, 2019 yilgi Osiyo kubogi Qirg'iz futboli uchun tarixiy voqea bo'ldi. Jasur yigitlarimiz qirg'iz o'g'lonlarining matonati va irodasini butun dunyoga namoyish etib, ajoyib o'yin ko'rsatdi. SHu bilan birga jamoamiz o'z mahoratini yana bir bor isbotlab, bo'lajak Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Sportdagi g'alaba va muvaffaqiyatlar hamisha yurtdagi hamjihatlik, ahillik va taraqqiyot ko'rsatkichi bo'lib kelgan. SHu bois davlat hamisha sportning ushbu turini qo'llab-quvvatlaydi”, dedi prezident.

Sadir Japarov bugungi kunda Qirg'iz Respublikasida futbol rivoji yangi dinamik yo'nalish olganini ham takidladi. Mahalliy futbol o'z rivojida yana bir katta qadam tashlandi. Jahon futbolining etakchi klublaridan biri “Barselona”ning yorqin, zamonaviy hamda barcha xalqaro talablarga javob beradigan akademiyasi ochildi.

"Barselona" akademiyasining bunyod etilishi nafaqat Qirg'iz Respublikasi, balki butun Markaziy Osiyodagi eng yirik futbol infratuzilma loyihalaridan biri bo'ldi desam, adashmayman. Mamlakatimiz viloyatlarida ham istedodli sportchilar ko'p. Ular maydonga tushib, terma jamoa va mahalliy futbol klublarida shug'ullanishadi. Mamlakatimizning janubiy viloyatlaridan Nodir Payazov, Vladimir Melnichenko, Nematjon Zokirov, Asilbek Momunov, Vladimir Vlasichev va boshqa ko'plab buyuk futbolchilarning nomlari respublikamizda keng tanilgan. Bugun rasman ochilgan akademiya tufayli eng yaxshi futbolchi va murabbiylar safi yanada ko'payadi, deb o'ylayman, - dedi davlat rahbari.

Akademiyaning ochilishi viloyatda istiqomat qilayotgan o'smir va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, sog'lom yosh avlodni voyaga etkazishda alohida hissa qo'shishiga ishonch bildirilmoqda. Sadir Japarov ushbu loyihani amalga oshirish mamlakatni 2026 yilgacha rivojlantirish milliy dasturiga kiritilgan maqsadlari bilan hamohang ekanini takidladi. Prezident o'lkada futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar shu bilan tugamasligiga vada berdi.

"Men o'zim futbolchiman, lekin kurash va boksni yaxshi ko'raman, Qamchibek Qidirshaevich (Toshiev, Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi boshlig'i) kurashchi, lekin futbol ishqibozi. Bugun futbol akademiyasining ochilishida uning xizmatlari katta. Yurtimizda xalqaro akademiyalar soni ko'payib, futbol infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlarimiz muvaffaqiyatli davom etsa, o'ylaymanki, yosh futbolchilarning mahorati sezilarli darajada oshadi va yangi marralarni zabt etadi! Akademiya tarbiyalanuvchilari kelajakda terma jamoa safiga qo'shilib, xalqaro maydonlarda yurt sharafini munosib himoya qiladilar, degan umiddaman. Jahon chempionatida o'ynash shunchaki orzu emas, bu orzularim yaqin kelajakda amalga oshishiga qatiy ishonaman”, — dedi Sadir Japarov.

Prezident mehmonlarga mamlakatga tashrif buyurib, qirg'iz xalqiga haqiqiy futbol bayramini ulashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика