So’nggi yangiliklar

14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  0 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  2 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  1 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  15 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  7 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6

Jasurdan xavotirdaman Yangiliklar

Jasurdan xavotirdaman

"Yulduz" - (ko'chma manoda) mashhur bo'lib tanilgan, shuhrat qozongan shaxs.

O'zbek futbolining ham o'z yulduzlari bor. Bugun shulardan biri haqida suhbat quramiz.

Jasur Jaloliddinov — 2002 yil 15 mayda Navoiyda tug'ilgan. 2018 yil 2 avgust sanasida "Bunyodkor" safida Superliga doirasida debyut o'yinini "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O'zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019 yil oktyabrida The Guardian talqiniga ko'ra, dunyoning eng istedodli 60 futbolchisi ro'yxatida qayd etilgan.

2 yil oldin so'zda "o'zbek futbolining kelajagiga aylangan" bu yigitni yaxshi taniysiz. U — istedodli, u — tirishqoq, u — mehnatkash. Bundan tashqari, u — sodda va g'o'r. Bu hayotda sodda bo'lishdan yomonrog'i bormi. Jasurning "Lokomotiv" (Moskva)ga transferi elon qilingach, miyamga kelgan birinchi fikr: "Undan foydalanishdi" (albatta, bu fikr shaxsiy va ko'p ehtimol bilan xato bo'lishi mumkin). O'sha paytda buni saytdagi ustozlar bilan muhokama qildik. O'tish Jasurning foydasiga ishlashi, oldinga tashlangan qadam ekani to'g'risida gapiruvchilar ham topildi. Mana, oradan 4 oy o'tdi (menimcha, xulosa chiqarish uchun etarli muddat). Keling, shu haqdagi qarashlarimni siz bilan baham ko'raman.


Jasurda variantlar bor edi, ammo u "Lokomotiv"ni tanladi

Aniqrog'i, agentlari shunday bo'lishini istadi. U intervyularida turk klubidan ham taklif borligini, biroq, rossiyada o'zini ko'rsatishi osonroq bo'lishini bir necha bor takidladi. Aslida, agentlar Jasurni shunday bo'lishiga ishontirishdi (bilasiz, 18 yoshda kishining fikrini 10 daqiqada har tarafga o'zgartirib tashlash mumkin). Boisi shundaki, Jasur "Beshiktosh"ni tanlasa, agentlarning moddiy manfaatdorligi sezilarli ravishda pasayar edi. 

Etibor qiling, Eurosport.ru xabar berdi: "temiryo'lchilar" transfer uchun 900 ming evro to'lagan — 350 ming "Bunyodkor"ga, 550 ming transfer amalga oshishida o'rtada turgan insonlarga. "CHempionat" nashri esa "Lokomotiv" Jaloliddinov uchun 1 million evro sarflashini, mablag'ning 100 ming evrosi futbolchining "Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishga, qolgan 900 ming evro esa Jasurning agentlariga nasib etishi haqida malum qildi. Bu erda million evrolik futbolchisini eplab sota olmagan "Bunyodkor" ham yutqazdi, qaydnomaga kira olmagan futbolchi uchun million sarflagan "Loko" ham yutqazdi, 4 oydan beri maydonga tushish nimaligini esidan chiqarib yuborgan Jasur ham yutqazdi — faqat muhtaram agentlar yutdi (Har holda 550 ming evro kichik pul emas. Masalan, men hozirgi daromadim bilan buncha pul topishim uchun 150 yildan ko'proq ishlashim kerak ekan).

Turk klubi esa transfer masalasida agentlarga emas, bevosita klubga murojaat qilishi mumkin edi. SHu o'rinda yana bir savol tug'iladi: "Bunyodkor" Jasurni nega bilvosita sotdi? Yani, nega klub Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilib, erkin agent sifatida ketishiga yo'l ochib berdi, vaholanki, 10 barobar ko'proq daromad qilish imkoni bor edi-ku. Bu masalaga har kim turlicha qaraydi. Kimdir klub o'z futbolchisining kelajagini o'yladi desa, "bu erda bir o'yin bor" deguvchilar ham topiladi. Emishki, "Bunyodkor" xususiy klub emas, shu tufayli mablag' rahbariyatning cho'ntagiga tushmaydi. Lekin cho'ntak shunday yaratilgan ekanki, agentlar bilan o'zaro shaxsiy uchrashuvlarda sovg'a qilingan pullardan birov xabar topmasligi mumkin. Albatta, bu masalada hech kimni ayblay olmaymiz. Biz "qaldirg'ochlar" rahbariyatida sotqin borligiga ishonmaymiz, ularni oqko'ngil, pok niyatli kishilar sifatida bilamiz (Lekin ko'ngilning tozaligi bilan ish bitmaydi. Eshitishimizga qaraganda, "Bunyodkor" futbolchilari jamoaning yangi rahbarini topa olishmayotgan ekan. Umid qilamizki, uzoq kutilgan visol onlari yaqin). CHalg'imang, davom etamiz. Xullas, transfer faqat o'rtadagi kishilar uchun foydali bo'ldi.

SHu o'rinda o'sib kelayotgan futbolchilarning yaqinlaridan agent tanlash masalasiga etiborliroq bo'lishni so'rab qolamiz. O'zbek futbolining bugungi yuzi — Eldor SHomurodov faqat yaxshi o'yini va gollari tufayli "Jenoa"da paydo bo'lib qoldi, deb o'ylaysizmi? Yo'q! Uning eng katta yutug'i, shaxsiy manfaatlarini mijoziniki bilan umumlashtira oladigan agent topdi. Oldin O'zbekistonda Eldordan kuchliroq futbolchilar bo'lmagan deysizmi? Eslashim bo'yicha, yoshlar terma jamoasi safida ham, "Bunyodkor"da ham Doston Hamdamov unga nisbatan kuchliroq edi. Lekin, fakt shu: bugungi tunni Eldor Genuyada, Doston Toshkentda o'tkazadi.

Jaloliddinov talabiga javob bermasa, "Lokomotiv" nega uni sotib oldi?

Jasur Aleksey Miranchukning o'rnini bosish uchun olinganiga shaxsan men ishonmayman. "Temiryo'lchilar" Jasurga 1 million to'lash orqali kelajakka investiciya kiritgan bo'lishi mumkin, lekin... O'ylashimcha, ular ko'proq OAV xabarlariga aldanib qoldi. Rus matbuoti Jasurni "o'zbek Messisi" deb shov-shuv ko'tardi, 18 yoshli yigitcha haqida ko'plab maqolalar yozildi, ko'pirtirib yozildi. SHu o'rinda eslatmoqchiman, matbuotda shov-shuv ko'tarish orqali omma etiborini mijoziga qaratish agentlarning asosiy quroli hisoblanadi. Aytmoqchimanki, "Lokomotiv" aldandi va buni kech angladi. 

Gap kelganda aytib ketay, ko'pirtirishni hammamiz yaxshi ko'ramiz. Masalan, O'zPFL 2 dekabr kuni "Neftchi" — "Turon" uchrashuvi bo'yicha bayonot berdi. Unda shunday gap bor: "Bellashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani, shuningdek, Pro liga g'olibini taqdirlash zaruriyati bor ekanidan kelib chiqib, O'zPFLning 8 nafar xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etilib, guruh o'yinni yuqori saviyada o'tkazish uchun Farg'onaga yo'l oldi". 

7 dekabr kuni tashkilot bosh direktori shunday yozdi: "Mana endi Farg'onaga nima uchun 8 kishi borgani sizga malum. Bunda kimdir futzalga, kimdir projektorga, kimdir futbol akademiyasiga, kimdir stadion gazoniga javob berishi ko'zda tutilgandi". 1 voqea, 1 tashkilot, 2 xil (bir-birini rad qiluvchi) fikr. G'alati emasmi? Mayli... 

Jasurdan havotirdaman

Yuqorida o'qiganlaringizning yozilishiga T. Kopadzening gapi sabab bo'ldi. "Jasur Jaloliddinovning ayni paytdagi holatidan havotirdaman", dedi u. Men ham xavotirdaman. Yigitcha ayni o'yinga chanqoq vaqtida zahiraga mixlanib qoldi, 4 oydan beri RPLda debyut qilgani yo'q. Tepada aytgan gapim yodingizdami: O'zbek futbolining ham o'z yulduzlari bor. Ming afsuski, ularning aksari erta so'ngan yulduzchalar hisoblanadi. Jasur ham yillar o'tib ularning qatorida etirof qilinishini istamayman. Bundan qaysidir kimsalar yutishi mumkin. Faqat Jaloliddinov va o'zbek futboli yutqazadi. Jasurning faoliyatiga chin qalbdan omad tilagan holda shu erda tugataman. Darvoqe, Jaloliddinov oldin ham to'xtalganimiz Yuriy Belousning xizmatlaridan foydalanadi...

P.s.: Bugun Buxoroda chiroq o'chmaganidan ilhomlanib, bir nimalar yozgim keldi. Yuqorida fikrlarimni juda betartib ifodalaganim uchun uzr so'rayman. Vaqt juda ziq edi, qorong'ida yozishni bilmayman.

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика