So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Jaloliddin Masharipov: Xorazm futboliga pul va etibor kerak Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: Xorazm futboliga pul va etibor kerak

FIFA kunlari sabab Pepsi Superligada yuzaga kelgan o'n kunlik tanaffus davom etmoqda.

Klublarimiz tanaffusdan unumli foydalangan holda, ort­da qolgan tur o'yinlari bo'­yicha tegishli xulosalarni chiqarish imkoniyaga ega bo'lishgan. Jumladan, chempionlik uchun asosiy davogarlardan bo'lgan «Paxtakor» «Jar» stadionida mashg'ulot o'tkazyapti. Termaga yo'l olgan futbolchilar 17 oktyabrdan klub ixtiyoriga qaytishadi. Biz «Paxtakor» klubining hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovdan intervyu oldik 

  - Jaloliddin, ikkinchi davraning ortda qolgan o'yinlari haqida umumiy fikringiz qanday?

- Har bir uchrashuv shiddatli o'tayotgani bilan yodda qolmoqda. Ayniqsa, jamoamiz uchun barcha o'yinlar xuddi finaldek o'tmoqda. Raqiblar «Paxtakor»ga qarshi kechadigan o'yinlarga mutlaqo o'zgacha tayyorgarlik bilan kelishyapti. Bu esa, o'z navbatida, bizga qo'shimcha qiyinchiliklarni tug'dirmoqda. SHunga qaramay, jamoa­mizning o'yini aynan ikkinchi bosqichda mazmunliroq chiqyapti. Futbolchilar bir-birini tushunib harakat qilishyapti. O'ylaymanki, shu tempda kurashni davom ettirsak, yakunda niya­timizga etamiz.

- Superligadagi yangi tizim o'zini qanchalik oqlayapti? Yoki buning futbolchilarga yoqmaydigan jihatlari ham bormi?

- SHaxsiy fikrim, ikkinchi bos­qich bahslarining quyi oltitalikdagi jamoalar uchun qizig'i qolmadi. O'yinlar shunchaki o'tkazilyapti, hech qanday yorqinlik, maydondagi kurash ko'zga tashlanmayapti. Quyidagi jamoa­larga bir-biri bilan o'ynash yoqmayapti. Mana shu tomondan yangicha formatdagi chempionat nafaqat menga, balki boshqa ko'pchilikka ham maqul kelmayapti. CHempionlik poygasi esa qizg'in kechmoqda. Bu tomonini ma­qullayman. Birinchi oltitalikdagi jamoalar o'yinlariga muxlislar kel­yapti. Lekin boshida chemionatimiz yangicha formatda o'tkaziladi, deganda ko'pchilikka qiziq tuyulgandi. CHindan ham kuchli oltilikka kirish uchun maydonda kurash kechdi. Ammo jamoalar ikki guruhga ajralganidan keyin quyi­dagi jamoalar o'yiniga qiziqish pasayib ketdi.

- CHempionlik uchun kechayotgan kurash haqida nima deya olasiz? Bu borada «Paxtakor» va «Lokomotiv»­ning imkoniyati boshqalarga qaraganda yuqoriroqmi?

- Turnir jadvali hamda qolgan o'yin­lar nuqtai nazaridan olib qarasak, to'rtta jamoada ham imkoniyat bor. «Navbahor» va «Bunyodkor» ham hali bemalol chempionlik uchun kurasha oladi. Qolaversa, oldinda bizni «Lokomotiv» va «Bunyodkor»ga qarshi o'yinlar kutmoqda. Hali javob uchrashuvlarini ham o'tkazish kerak. SHunday ekan, chempionlik haqida o'ylashga hali erta. Oxirigacha kurashish lozim.

- «Navbahor»dagi so'nggi o'zgarishlardan xabardormisiz?

- Ha, bu haqda matbuotda o'qidim. Qisqa fursatda qanday o'zgarishlar bo'ladi, buni vaqt ko'rsatadi.

- Bu yilgi hakamlik haqida nima deya olasiz? O'tgan yilgilari bilan taqqoslaganda, ijobiy ko'rinishdami?

- Odatda, hakamlar haqida gapirishni xohlamayman. Futbolchi maydonda o'z ishini qilishi kerak. Hakamlar faoliyatini nazorat qiladigan tashkilot bor. Har kim o'z vazifasini bajargani maqul.

- Jamoa kubok yarim finalida «Qo'qon-1912»ni yirik hisobda mag'lub etdi. Lekin o'yin oldidan muxlislarda baribir xavotir bor edi. SHu kuni tezkor goldan tashqari «Paxtakor»ning ishonchli g'alabasida qaysi omillar muhim ahamiyat kasb etdi?

- Men oson g'alabaga erishdik, demagan bo'lardim. Balki tashqaridan qaraganda oson, engil g'alabadek tuyulishi mumkindir. Biz shunchaki, yuzaga keltirilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirdik. Eng katta yutug'imiz shu bo'ldi. Qolaversa, «Qo'qon-1912»ni jiddiy tarzda o'rganib chiqqandik. Klub rahbariyati «Paxtakor» oldiga chempionlikdan tashqari kubokni qo'lga kiritish vazifasini ham qo'ygan. SHu maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilyapmiz.

- Ikkinchi yarim final natijasi sizni ajablantirdimi?

- SHubhasiz. O'yindan oldin «Bunyodkor»ning imkoniyatini yuqoriroq baholagandim. Jamoa g'alaba qozonib, finalda bizga ro'baro' kelsa kerak, deb o'ylagandim. Lekin bu futbol, unda mana shunday kutilmagan natijalar ham uchrab turadi. SHuni aytish kerakki, o'sha kuni olmaliqlik futbolchilar ham o'zlarining mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini namoyish etishdi va haqli ravishda final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

- Final - o'z nomi bilan final. Ammo ustunlik baribir «Paxtakor» tomonida bo'lsa kerak. Bosh­qa tomondan, bu bilan xotirjamlik holatini yuzaga keltirmasligi lozim, to'g'rimi?

- Albatta. Bu narsani biz futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan birga finaldagi raqibimiz AGMK bo'lganini bilganimizdayoq gaplashib olgandik. Birgina xato yil boshidan boshlangan kubok uchun kurashga alamli tarzda yakun yasashi mumkin. Kubokni qo'lga kiritganimizdan keyingina xotirjam bo'la olamiz. Ungacha bunga aslo haqqimiz yo'q. Boz ustiga, AGMK o'z tarixida ilk bor kubok finalida o'ynaydi. Jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov uchun ham bu murabbiylikdagi dastlabki final bo'ladi. Buni ular yarim finaldan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida ham aytib o'tdilar. Demak, AGMK ham bu o'yindan ko'p narsa kutyapti. Jamoa futbolchilarida ishtiyoq yanada ortgan. Bilasiz, kuchli ishtiyoq bilan har qanday grand jamoani mag'lub etish mumkin. SHularni inobatga olgan holda, kubok finaliga alohida yondashuv bilan tayyorgarlik ko'ramiz.

- SHaxsiy kuzatuvingiz asnosida ayting-chi, AGMKning ustun jihatlari nimada bo'ladi?

- Olmaliqliklar ikkinchi qavatda ustunlikka ega bo'lishsa kerak. Jamoa tarkibida bo'ydor futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi.

- Finalning Farg'onada o'tkazilishiga munosabatingiz qanday?

- Menimcha, yaxshi tanlov. CHunki o'sha kuni muxlislar «Istiqlol» stadionini to'ldirishsa kerak. Tomoshabin to'la arenada esa o'yinlar ham yorqin bo'ladi. Sir emas, vodiyda millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish, muxlislik juda yuqori. Biz finalda ularga maqul keladigan chiroyli futbol namoyish etishga astoydil harakat qilamiz.

- Finaldagi g'alaba ishtirokchilarning biriga OCHL yo'llanmasini taqdim etadi. Bu holat jamoalarda qo'shimcha bosimni yuzaga keltirmaydimi?

- Bo'lishi mumkin. Lekin biz bu haqda o'ylamaslikka harakat qilamiz. Aks holda, qo'shimcha bosim yuklaydi.

- Balki bu savol noo'rindir, lekin so'rashga majburman. Do'stingiz Jamshid Iskanderov uchun bu yilgi mavsum omadsiz o'tyapti. U asosan zaxirada qolib ketmoqda. Jamshid bilan bu mavzuda suhbatlashib, unga ruhiy dalda beryapsizmi?

- Xuddi shunday. U bilan hamisha birgamiz, hamfikrmiz. Qandaydir ishga qo'l ursak ham, albatta, bir-birimiz bilan maslahatlashamiz. Jamshidning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. U hali yana o'z so'zini aytishiga ishonaman. Irodasi kuchli yigit. Futbolda shunday holatlar uchrab turadi. Zaxirada o'tirgan futbolchi ko'proq fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zi uchun tegishli xulosalarni chiqarib olgan. SHaxsan men Iskanderovga ishonaman.

- SHota Arveladzening futbol falsafasi nimadan iborat?

- Birinchi yutuq tomoni - o'zining futbolchi bo'lganligi. Futbolchining dardini, nimani xohlayotganini tushunadi. Har bir o'yinchi bilan erinmasdan individual muloqotga kirishadi. SHogirdlarini o'yinga ruhiy tomonlama qanday tayyorlash kerakligini juda yaxshi biladi. Bu tomondan u yaxshigina psixolog.

- «Xorazm» jamoasi o'yinlariga befarq emassiz. Lekin bu jamoa Pro-ligada ham pastki pog'onalarda boryapti. O'z vaqtida Xorazmdan ko'plab istedodli futbolchilar etishib chiqqan. O'zingizcha tahlil qilib ko'rdingizmi, nima uchun viloyat futboli bugungi holatiga tushib qoldi?

- SHaxsiy fikrim, bu erda eng asosiy muammo mablag'ga borib taqaladi. Jamoada pul yo'q. «Xorazm» jamoasiga baquvvat homiy kerak. Viloyatda istedodli yoshlar etarlicha topiladi. Lekin ularning borib o'ynashi uchun jamoaning o'zi yo'q. Agar «Xorazm» Superligada o'ynaganida, ishonchim komilki, istedodli yoshlar tezda ko'zga tashlanardi. Jamoada 2-3 nafar tanish futbolchilar bor. Ular bilan tez-tez suhbatlashib turamiz, klubda pul yo'qligini aytishadi. Agar yaxshi homiy bo'lmasa, viloyat futboli hozirgisidan ham achinarli holatga tushib qoladi.

- Siz, Jamshid Iskanderov kabi istedodli yoshlarni kashf qiladigan, yuzaga chiqaradigan murabbiylar etarlimi?

- Yaxshi mutaxassislar bor. O'sha payt­da murabbiyim Olimboy Davletovning say-harakati bilan «Paxtakor»­dan taklif olganman. Jizzaxdagi turnirda men va Jamshid ko'rsatgan o'yin poytaxtliklar murabbiylarning diqqatini tortgan va biz faoliyatimizni Toshkentda davom ettirganmiz. O'shanda viloyatimizda hatto bizdan ham yaxshi o'ynaydigan futbolchilar bo'lgan. Lekin ularga etarlicha etibor qaratilmaganidan keyin o'zlarini boshqa sohalarga urishgan. Juda ko'pchiligi Rossiyaga ketib qolgan. Futbol orqali oilasiga moddiy yordam bera olmasligini tushunib etib, shunday qilishga majbur bo'lishgan. Afsuski, murabbiyim Olimboy Davletov ham futbolni tashlab, Rossiyaga ishlash uchun ketishga majbur bo'ldi. Vaholanki, u futbolni juda yaxshi tushunadigan, tahlil qila oladigan murabbiy hisoblanadi. Olimboy aka har bir o'yinimdan keyin qo'ng'iroq qilib turadilar, fikrlarini albatta bildiradilar. Ming afsuski, shunday istedodli murabbiylar ham hozir chetda pul topish ilinjida yuribdi.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика