So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Jaloliddin Masharipov: "Eronning kuchsiz tomonlari haqida eronlik jurnalistlar oldida gapirishim to'g'ri emas" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Eronning kuchsiz tomonlari haqida eronlik jurnalistlar oldida gapirishim to'g'ri emas"

O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.


Vlado Radmanovich: "Katanec bilan o'yin davomida doimiy aloqada bo'lamiz"         


"Eronga qarshi o'yindan oldin ko'p gapirish shart emas. Aytilganidek ular ham bizni bilishadi, biz ham ularni yaxshi bilamiz. Umid qilamizki ertaga barchasi biz o'ylagandek bo'ladi deb o'ylayman. O'z vatanimizda muxlislar bilan g'alabani nishonlashga harakat qilamiz", - dedi Masharipov.

- Siz Eron chempionatida o'ynaysiz, ularning kuchsiz tomonlari nimada?

- Hozir bu haqda gapirish to'g'ri emas, sababi xonada eronlik jurnalistlar ham bor. SHu sabab raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida bu erda gapirmayman. O'yinga o'z rejamiz bor va o'sha rejani amalga oshirishga harakat qilamiz.

- Eron terma jamoasi safidagi ko'plab legionerlar BAA chempionatida o'ynashmoqda, oldingi yillardagidek kuchli ligalarda o'ynayotgan legionerlar yo'q. Mehdi Taremi "Inter" zaxirasida o'tiribdi. Bizda esa Abduqodir Husanov Franciyada o'ynamoqda, Turkiya, Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynayyotgan futbolchilarimiz bor. Nima deb o'ylaysiz hozirgi kunda O'zbekiston tarkib bo'yicha kuchliroq deb o'ylaysizmi?
- Eron futbolchilari ham juda kuchli, lekin BAA chempionatiga borgan futbolchilar futbol uchun bormagan deb o'ylayman. Buni barcha tushunib turibdi. Bizda esa hozir juda yaxshi kollektiv yig'ilgan.

- O'zbekiston terma jamoasi safida individiual futbolchilar juda ko'p. KXDR va Qirg'iziston bilan o'yinlarda ham individual gollarni ko'rdik. Eronga qarshi o'yinda ham individual jihatdan ulardan ustun kela olamizmi?
- KXDR bilan o'yinda individual gol urdim deb o'ylaymayman, chunki etibor qilsangiz gol himoyadan boshlagandi. Bu hammasi mashg'ulotda ishlangan. Qaytaraman hozirgi kunda bizda kuchli kollektiv yig'ilgan. Ertaga buni maydonda ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика