Jaloliddin Masharipov 15-sovrindor
27 dek 2020 15:32
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov 15-sovrindor
Jurnalistlar bergan ovozlarga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov 2020 yil O'zbekistoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Masharipov faoliyatida ilk bor bu sovringa ega chiqdi. 2019 yil Jaloliddin yakuniy uchtalikka kirgandi. U mamlakatimizda yil futbolchisi deb topilgan hisob bo'yicha 15-futbolchiga aylandi.
Bu sovrinni ega ko'p Odil Ahmedov yutgan - 6 marta. Mirjalol Qosimov va Maksim SHackix 4 martadan, Pavel Bugalo va Server Jeparov 2 martadan yil futbolchisi bo'lishgan.
Valeriy Kechinov, Igor SHkvirin, Oleg SHackix, Andrey Akopyanc, Jafar Irismetov, Aleksandr Geynrix, Vitaliy Denisov, Marat Bikmaev, Eldor SHomurodov bir martadan bu sovrinni qo'lga kiritishgan.
Etiborlisi so'nggi bor "Paxtakor" azosi 2009 yilda (Odil Ahmedov) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar