Jaka: “Xatolar - futbolning bir qismi”
26 okt 2020 08:57
Yangiliklar


Jaka: “Xatolar - futbolning bir qismi”
“Arsenal” yarim himoyachisi APL 6-turida “Lester”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu musobaqa jadvalida yuqorilash uchun juda katta imkoniyat edi, g'alaba qozonishni xohlagandik, biroq yakunda yutqazdik. “Lester”da goldan boshqa hech narsa bo'lmadi. Birinchi bo'limda imkoniyatlarga ega bo'lgandik, shuning uchun ham o'yindan keyin sodir bo'lganlarni ifodalash uchun so'z topish mushkul. Biz bir nechta xatoga yo'l qo'ydik. Agar siz bu xatolarni bizning darajamizda qiladigan bo'lsangiz, buning uchun jazolanasiz. Xatolar — futbolning bir qismi, shunday ekan biz ularni tahlil qilishimiz kerak”, — deydi Jaka.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar