Jaka jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin
01 iyu 2018 00:37
Yangiliklar


Jaka jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin
“Aresenal” va SHveycariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka JCH-2018 bellashuvlarini o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar bermoqda Tages Anzeiger.
Jaka terma jamoasining mashg'uloti vaqtida jamoadoshlaridan biri bilan to'qnashib ketdi va tizzasidan jarohat oldi. Yarim himoyachi maydonni shifokorlar yordamida tark etdi va mashg'ulotdan to'g'ri tibbiy tekshiruvdan o'tish uchun shifoxonaga jo'natildi.
JCH-2018 bahslarida SHveycariya terma jamoasi Braziliya, Serbiya va Kosta-Rika terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Joriy mavsumda Premer ligida Jaka 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va etta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar