Jaka: "Bavariya" jahonning eng yaxshi jamoasi, ammo "Borussiya" ulardan qo'rqmaydi"
04 dek 2015 15:49
Yangiliklar


Jaka: "Bavariya" jahonning eng yaxshi jamoasi, ammo "Borussiya" ulardan qo'rqmaydi"
Myonxengladbaxning "Borussiya" yarim himoyachisi Granit Jaka "Bavariya"ga qarshi bahsdan oldin, uning jamoasi ijobiy natijaga umid bildirayotganini aytdi.
"Men uchun "Bavariya" jahonning eng kuchli jamoasi. Bu jamoaga qarshi muvaffaqiyatli o'yin uchun bizga quyidagi narsalar kerak: Omad, imkoniyatlardan unumli foydalanish va oxirigacha kurashish. Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz va bu kabi raqiblarga bosh og'riq bo'la olishimizni isbotladik. "Bavariya"ni hurmat qilamiz, ammo qo'rqayotganimiz yo'q" - deydi Jaka.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar