Jahonning eng yaxshi futbol logotipini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazilmoqda

Eldor Akmurzayev
28 apr 2020, 22:00
Marca nashri o'z sayti orqali turli mintaqalardagi 50ta klubning nomzodlarini taqdim etgan.

Hozirda muxlislar o'rtasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Ayni vaqtdagi natijalaraga ko'ra esa “Fluminense”ning emblemasi 11.400 ovoz bilan peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarda SSKA (8.400) hamda “Real” (8.100) bormoqda.

Hozircha top o'nlik quyidagicha:

1. "Fluminense" – 11.400 ovoz

2. SSKA – 8.400

3. “Real” – 8.100

4. “Liverpul” – 6.700

5. “Kolo-Kolo” – 5.000

6. “Barselona” – 4.400

7. “Seltik” – 3.600

8. “Valensiya” – 3.100

9. MYU – 3.100

10. “Benfika” – 2.900

Umumiy ro'yxat bilan tanishish va so'rovnomada qatnashish uchun Marca saytiga o'tishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca