So’nggi yangiliklar

08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  1 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10

Jahongir Mehmonov: “Neftchi”ga hurmatim cheksiz” Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Neftchi”ga hurmatim cheksiz”

Birinchi davrani 12-o'rinda yakunlagan Namanganning “Navbahor” klubi ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

Kuni kecha “lochinlar” birinchi liga vakili “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Ushbu bahsda oliy liga vakillari 3:0 hisobida zafar quchishdi. Ushbu o'yindan so'ng “Navbahor” futbolchisi Jahongir Mehmonov intervyu berdi.

-  Kecha birinchi liga vakili “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdinglar. Ushbu uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirsangiz.

-  Ushbu uchrashuvda raqiblarimizni 3:0 hisobida mag'lub etdik. Jamoadoshlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ikki mahal mashg'ulot o'tkazganimiz va havo xarorati biroz issiq bo'lgani uchun ko'ngildagidek o'ynay olmadik. Bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz mumkin edi.

-  Ikkinchi davraga tayyorgarlik qay darajada olib borilmoqda?

-  Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib boryapmiz. Ertalab jismoniy holatimizga etibor qaratilayotgan bo'lsa, kechgi payt to'plar bilan ishlayapmiz. Mashg'ulotlar jarayonida ko'proq hujumga etibor qaratilyapti.


-  Bilamizki avval siz Farg'onaning “Neftchi” jamoasida to'p tepgansiz. Ushbu jamoaga qaytishni istamaysizmi?

-  Ayni damda Namanganning “Navbahor” jamoasi sharafini himoya qilyapman. Boshqa klub haqida o'ylayotganim yo'q. “Navbahor” bilan yaxshi o'rinlarni egallashga harakat qilyapman. Bu borada rahbariyat bizga etarlicha sharoitlar yaratib bergan. Fikru xayolim “Navbahor” bilan, boshqa jamoa haqida o'ylashga haqqim yo'q. “Neftchi” klubiga befarq emasman. Ushbu jamoaning barcha o'yinlarini imkon qadar kuzatib boraman. “Neftchi”ga hurmatim cheksiz. Lekin futbolchi qaysi jamoada bo'lsa o'sha klub haqida o'ylashi kerak, deb o'ylayman.

-  Boshqa jamoalardan takliflar bo'ldimi?

-  Albatta, takliflar bo'ldi. faqat qaysi jamoalardan ekanligi sir bo'la qolsin.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика