Jahongir Jiyamurodov "Rubin" bosh murabbiyi etib tayinlandi
15 apr 2021 10:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631215_original.jpg)
![](/upload/storage/631215_220.jpg)
Jahongir Jiyamurodov "Rubin" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Bu yilgi mavsumda yuqori marralarni ko'zlagan xolda harakat qilayotgan “Rubin” jamoasi Birinchi liganing 2-turi oldidan jamoaga bosh murabbiy tayinladi.
Futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 2011 yilda “Nasaf” jamoasi bilan OFK kubogi va “Mustaqillikning 20 yilligi” ko'krak nishoni sohibi, Oliy liga o'yinlarida “Mashal”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Olmaliq” “So'g'diyona” va “SHo'rtan” jamoalarida to'p surgan va avvalgi mavsumlarda Jizzaxning "Zomin" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Jahongir Jiyamurodov Birinchi ligada ishtirok etayotgan "Rubin” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bosh murabbiyga jamoani chempionatda 1-o'rinni egallash vazifasi topshirildi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval "Rubin"da tajribali mutaxassis Yavar Nadjafaliev bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar