Jahongir Abdumo'minov - erkin agent
16 jan 2017 14:29
Yangiliklar
Jahongir Abdumo'minov - erkin agent
"Metallurg" klubi yarim himoyachisi Jahongir Abdumo'minov yangi mavsumni boshqa klubda boshlaydi.
1993 yilda tug'ilgan futbolchi o'tgan mavsum Bekobod klubi safida oliy ligada 27ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 2 bor nishonga oldi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan va ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib turibdi. Yaqin vaqt ichida Abdumo'minovning qaysi jamoaga o'tishi oydinlashadi.
O'z vaqtida Jahongir Abdumo'minov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir qator o'yinlarda maydonga tushgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar