Jahonbaxshning agenti: "Mijozimga "Napoli"dan taklif bor"
09 may 2018 12:55
Yangiliklar
Jahonbaxshning agenti: "Mijozimga "Napoli"dan taklif bor"
Eron terma jamoasi futbolchisi Alirizo Jahonbaxshning agenti Amir Hashmi bir yangilikni malum qildi.
Malumki, ushbu futbolchi Gollandiyaning "AZ Alkmaar" klubida juda mazmunli faoliyat olib bormoqda. 24 yoshli Jahonbaxsh 2013 yildan beri Gollandiyada to'p surib kelyapti. U bu mavsum o'z klubi safida 33 o'yinda maydonga tushib 21ta gol urdi.
Futbolchining agenti Amir Hashmi radioga bergan intervyusida mijoziga "Napoli"dan qiziqish borligini tasdiqladi.
- "Jahonbaxsh ko'pincha o'ng qanotda o'ynaydi, lekin u chapda ham chakki emas, ikkala qanotda bir xil o'ynay oladi. U to'p bilan juda kuchli. Qolaversa ko'p gol uradi. Unga "Napoli" qiziqayotganini bilaman, lekin klub hozircha menga rasmiy taklif bilan chiqmadi. Kuzatamiz, qani buyog'i nima bo'larkin, lekin hozircha mijozim uchun Gollandiyada hammasi joyida".
O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 13
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar