So’nggi yangiliklar

22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  1 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  2 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  1 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2

Jahon futboli afsonasi Karles Puyol bilan matbuot anjumani o'tkaziladi Yangiliklar

Jahon futboli afsonasi Karles Puyol bilan matbuot anjumani o'tkaziladi

Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni yurtimizga Jahon futboli afsonasi, Evropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyuradi.

Uning tashrifi FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo'lib, bu orqali FIFA prezidenti O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlash va  futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo'shishni maqsad qilgan.

Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o'tkazib beradi, shuningdek, Oliy liga 28-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib boradi.

Karles Puyolning yurtimizga amalga oshirayotgan tashrifiga bo'lgan katta qiziqishni inobatga olib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari bilan matbuot anjumani o'tkazish ham rejalashtirilgan. Matbuot anjumani 9 noyabr kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining “Samarqand” zalida bo'lib o'tadi.

Karles Puyol ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashmoqchi bo'lgan ommaviy axborot vositalari o'z xodimlari ro'yxatini O'FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga (media@the-uff.com) 8 noyabr soat 15:00gacha jo'natishlari kerak bo'ladi.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика