Jahon chempionlari bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirishdi
15 may 2018 17:07
Yangiliklar


Jahon chempionlari bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirishdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov nemis futbol ittifoqi bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirdi.
Bu haqida tashkilot matbuot-xizmati elon qildi. Avvalgi kelishuv 2020 yilda yakunlanishi kerak edi.
Bundan tashqari yordamchi murabbiylar Tomas SHnayder va darvozabonlar ustozi Andreas Kyopke bilan bitim 2022 yilgacha uzaytirildi. Oliver Birxoff va Markus Corg bilan ham shartnoma yangilandi, biroq ularniki 2024 yilgacha.
Lyov 2006 yilda Yurgen Klinsmann o'rniga Germaniya terma jamoasiga kelgan edi. Nemislar Lyov qo'l ostida JCH-2014da jahon chempioni bo'lishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar