So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

Jahon chempionatlarida o'zini ko'rsatgan 5 nafar osiyolik futbolchi Yangiliklar

Jahon chempionatlarida o'zini ko'rsatgan 5 nafar osiyolik futbolchi

OFK sayti turli yillarda jahon chempionatida o'ynab o'zini ko'rsatgan futbolchilar haqida maqola tayyorladi.

Vaqt o'tgan sari jahon chempionatida ham o'zini ko'rsatayotgan osiyoliklar soni ko'payib bormoqda. Bu esa o'z navbatida qitada futbol takomillashib borayotganidan darak beradi. 

Mart oyida JCH-2022 saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tishi lozim edi, biroq koronavirus sabab o'yinlar nomalum muddatga qoldirilganidan xabaringiz bor. SHu bois sayt xodimlari o'tmishni yodga olib mundialda yorqin iz qoldirgan osiyolik futbolchilarni yodga olishdi. 


1. Park Ji Sung (Janubiy Koreya) 

Park Ji Sung faoliyati mobaynida uchta jahon chempionatida (2002, 2006, 2010) qatnashgan. U shuningdek uchta gol urgan. Park Ji Sung Janubiy Koreya tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. 

JCH-2022da aynan uning goli Portugaliyani mag'lub etib, koreyaliklarni keyingi bosqichga olib chiqqandi. 2006 yil Germaniyada o'tkazilgan JCHda u Franciya darvozasiga ham to'p kiritgan. O'yin 1:1 hisobida yakun topgan. Uchinchi golini esa oradan to'rt yil o'tib Greciya darvozasiga urgan va bu gol ham Janubiy Koreyani keyingi bosqichga olib chiqqan.

 


2. Sami Al Jaber (Saudiya Arabistoni) 

Saudiya Arabistonida barcha davrlarning eng kuchli futbolchisi deb ataladigan Sami Al Jaber ketma-ket to'rtta jahon chempionatida (1994, 1998, 2002, 2006) ishtirok etib, uchta gol urgan. 

Al Jaber mundialdagi ilk golini 1994 yil Marokash darvozasiga penaltidan kiritgan. 1998 yil Franciyada o'tkazilgan jahon chempionatida u yana penaltidan to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi, bu safar JAR termasi darvozasiga. Uchrashuv 2:2 hisobida yakun topgan. 

2002 yil saudiyalik hujumchiga gol urish nasib etmadi, buning ustiga terma jamoa guruhdagi uchala o'yinni boy bergan. Oradan to'rt yil o'tib yana mundialga yo'l olgan Al Jaber Tunis bilan o'yinda to'p kiritishga erishadi. Qizig'i shundaki, ushbu bellashuv ham 2:2 hisobida yakun topgan.

 


3. Tim Keyxill (Avstraliya) 

Jahon chempionatida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan yana biri bu Tim Keyxill. Avstraliyalik futbolchi ham to'rtta jahon chempionatida qatnashgan va 5ta gol urgan. Keyxil 2006, 2010, 2014, 2018 yilgi mundiallarda ishtirok etgan. 

U jahon chempionatidagi dastlabki golini 2006 yil Yaponiya termasi darvozasiga kiritgan. Eslatib o'tamiz, JCH-2006da Avstraliya Okeaniya vakili sifatida ishtirok etgan. O'shanda yaponlar bilan kechgan bahsda Keyxill ikki bor gol muallifi bo'lgan. 

JCH-2010da ushbu futbolchi faqat bir marta gol muallifi bo'lgan, Serbiya bilan kechgan o'yinda. Avstraliya terma jamoasiga sardorlik qilgan Keyxill JCH-2014da ham o'zini ko'rsatib, CHili va Gollandiya bilan o'yinlarda chiroyli gollar urgan. 

 


4. Keysuke Xonda (Yaponiya) 

Uchta jahon chempionatida (2010, 2014, 2018) qatnashgan Xonda 4ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Umuman olganda yaponiyalik ushbu futbolchining faoliyatiga havas qilsa arziydi. Yaponiya terma jamoasining JCHdagi ilk goli muallifi Xidetoshi Nakata hisoblansa, mundiallarda eng yaxshi o'yin ko'rsatgan shubhasiz Keysueke Xondadir. 

Xonda JCHdagi dastlabki golini 2010 yil Kamerunga urib, yaponlar 1:0 hisobida zafar quchgan. Keyinchalik Daniya 3:1 hisobida mag'lub etilgan bahsda ham o'zini ko'rsatgan. Umuman olganda Xonda ketma-ket uchta jahon chempionatida gol urgan dastlabki yaponiyalik hisoblanadi.

 


5. Alirizo Beyranvand (Eron) 

Faoliyati mobaynida faqat bitta jahon chempionatida qatnashgan Alirizo Beyranvand o'zidan iliq taassurot qoldira oldi. 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tgan mundialda eronlik posbon forslarning eng ishongan futbolchisiga aylandi. Eron Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda Beyranvand o'z darvozasini ishonch bilan qo'riqladi. 

Ispaniyaga 0:1 hisobida boy berilgan ikkinchi bellashuvda ham darvozada yaxshi turdi, faqat Diego Kosta omad tufayli gol urib ketdi. Portugaliya bilan kechgan bahsda esa u Krishtianu Ronalduning penaltisini qaytarishga muvaffaq bo'lgandi. Garchi Eron guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, Beyranvand iliq taassurotlar bilan mundialni tark etdi.

 


Boshqa futbolchilar 

Albatta, bu mavzuda bahs-munozaralarni soatlab davom ettirish mumkin. CHunki jahon chempionatlarida o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan boshqa futbolchilarni ham sanab keltirsa bo'ladi. 

Masalan, Xong Myung Bo, An Jung Xvan, Son Xyong Min, Muhammad Al Deayya, Sayid Al Ovayran, Salim Al Dovsari, Xarri Kyuell, Mark Breshiano, Mayl Edinak, Xidetoshi Nakata, Yunichi Inamoto, Yuto Nagatomo, Mehdi Mahdavikiya, Ali Dayi, Hamid Estili va yana bir qator futbolchilarni misol keltirish mumkin. 

Ko'rinib turibdiki, sayt xodimlari bu o'rinda qaysi bir bahsda alohida qahramonlik namoyish etgan futbolchilarga ko'proq etibor qaratgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика