So’nggi yangiliklar

11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  0 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4

Jahon chempionatiga munosiblar boradi Yangiliklar

Jahon chempionatiga munosiblar boradi

Teglar :  mundial JCH-2022OFK
Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining 31ta ishtirokchisi maum bo'ldi.

Oxirgi jamoa nomi bugun 23:00da boshlanadigan Kosta-Rika - Yangi Zelandiya bahsidan so'ng aniq bo'ladi. Biz uchun ahamiyatlisi, bu yilgi jahon chempionatida tarixda ilk bor OFKdan 6ta terma jamoa qatnashadi. Mezbon Qatardan tashqari Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya mundialda qitamiz sharafini himoya qiladi. 

Avvaldan taxmin qilinganidek, kuchlilar jahon chempionatiga yo'l oldi. Avstraliya terma jamoasi qitalararo o'tish o'yinida o'z kuchini namoyish etib, Peru bilan bahsda penaltilar seriyasi evaziga g'alabani qo'lga kiritdi. SHunday qilib "kengurular" JCH-2022da OFKning 6-jamoasiga aylandi.

Bu yilgi musobaqa ham juda qiziqarli kechishi kutilyapti. Albatta, ko'pchiligimizning etibori Osiyo jamoalariga ham qaratiladi. SHu o'rinda O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida qisman gapiradigan bo'lsak, biz saralash bahslarini Ektor Kuper qo'l ostida boshlab, keyinchalik Vadim Abramov bilan davom ettirdik. Balki Kuperga oxirigacha imkon berilganida hal qiluvchi bosqichga chiqqan bo'larmidik. 

Lekin hozir bu gaplardan foyda yo'q. Vaqt ketib bo'ldi. Biz ancha pastladik, yo'qsa O'zbekiston hech zamonda SHri-Lanka, Maldiv kabi jamoalar bilan hisoblashganmi? Biz o'z terma jamoamizni Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinlarda ko'rishga o'rganib qolgandik. Biz uchun Osiyo Kubogiga chiqish cho't emasdi. Hozir esa go'yoki "pulka" orqali etib kelgandekmiz. 

Bu o'rinda avvalo nima uchun pastladik degan savolni o'zimizga berishimizga to'g'ri keladi. Hozir Kuperni yoki Abramovni ayblashdan foyda yo'q. Katanecda "murabbiy imzosi" yo'q deyish ham hech nimani o'zgartirmaydi. Biz futbol tizimi bo'yicha qaerdadir xatoga yo'l qo'ydik. Va toki shu xato to'g'rilanmas ekan, jahon chempionatini orzu qilmasak ham bo'ladi. Zero mundialga faqat kuchlilar va munosiblargina boradi.

X.Xoliqov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика