Jahon chempionatiga borishni xohlagan murabbiy ishdan bo'shatildi
01 dek 2020 10:25
Yangiliklar


Jahon chempionatiga borishni xohlagan murabbiy ishdan bo'shatildi
BAA navbatdagi murabbiyga ham chiqish eshiklarini ko'rsatdi.
BAA futbol associaciyasi milliy terma jamoaga shu yozda bosh murabbiy bo'lgan Xorxe Pintoni istefoga chiqardi. Bunga sabab esa jamoaning uch o'rtoqlik bahslarida ko'rsatgan o'yinidir - O'zbekiston (1:2), Tojikiston (3:2) va Bahrayn (1:3).
Bu esa bir yil ichida rasmiy o'yin o'tkazmagan murabbiyning ikkinchi istefosi bo'ldi. BAA termasining bundan oldingi ustozi Ivan Yovanovich 5 oy ichida birorta ham o'yin o'tkazmasdan istefoga chiqarilgan edi.
Oldinroq Gonduras va Kosta Rika terma jamoalari bilan jahon chempionatida ishtirok etgan ushbu murabbiy BAA terma jamoasini ham mundialga olib borishga vada bergan va JCHga borishni xohlashini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
00:59
BAA. "Al Vahda" 6 ochkolik o'yinda g'alabaga erishdi, Erkinov asosiy tarkibda maydonga tushdi 0

Fikrlar