Jahon chempionatiga borishni xohlagan murabbiy ishdan bo'shatildi

Alisher
1 dek 2020
BAA navbatdagi murabbiyga ham chiqish eshiklarini ko'rsatdi.

BAA futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaga shu yozda bosh murabbiy bo'lgan Xorxe Pintoni iste'foga chiqardi. Bunga sabab esa jamoaning uch o'rtoqlik bahslarida ko'rsatgan o'yinidir - O'zbekiston (1:2), Tojikiston (3:2) va Bahrayn (1:3).

Bu esa bir yil ichida rasmiy o'yin o'tkazmagan murabbiyning ikkinchi iste'fosi bo'ldi. BAA termasining bundan oldingi ustozi Ivan Yovanovich 5 oy ichida birorta ham o'yin o'tkazmasdan iste'foga chiqarilgan edi.

Oldinroq Gonduras va Kosta Rika terma jamoalari bilan jahon chempionatida ishtirok etgan ushbu murabbiy BAA terma jamoasini ham mundialga olib borishga vada bergan va JCHga borishni xohlashini aytgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia