So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  4 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  67 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Marokashning tarix yaratishida onalar muhim rol o'ynamoqda Yangiliklar

Marokashning tarix yaratishida onalar muhim rol o'ynamoqda

Yarim finalga chiqqan ilk Afrika jamoasiga aylangan Marokash onalar yordami tufayli qisman muvaffaqiyatga erishdi.

"SHerlar" nafaqat jahon chempionatining yarim finaliga yo'l olgan dastlabki Afrika jamoasiga aylandi, balki o'z muvaffaqiyatlarini ularning eng ko'p qo'llab-quvvatlayotgan insonlari bilan baham ko'rish baxtiga muyassar bo'lishdi.

Nimchorak finaldagi Ispaniyaga qarshi penaltilar seriyasida o'zining hal qiluvchi zarbasidan so'ng Ashraf Hakimi xursandchiligini odamlar orasida turgan onasi bilan nishonlash uchun bordi va kamerachilar etiborini tortdi hamda onasining yuzidan mag'rurona o'pgan holda suratlarga muhrlandi. Himoyachi Marokashning chorak finaldagi Portugaliyaga qarshi o'yindagi g'alabasidan keyin ham xuddi shu ishni takrorladi va onasini bag'riga bosish uchun tribuna tomon yaqinlashdi. Ispaniyaga qarshi o'yindan so'ng Hakimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga onasi bilan birga tushgan suratini joylashtirib, shunday izoh qoldirdi: "Men sizni yaxshi ko'raman, onajon".

Turnir davomida volidasining ko'magidan bahramand bo'lgan futbolchi faqatgina Hakimi emas. Portugaliyaga qarshi o'yindan so'ng futbolchilarning ota-onalari bilan g'alabani qarshi olayotgani aks etgan bir qancha lavhalar internetda tarqaldi, shu jumladan, Sofian Boufal Marokash muxlislarining olqishlari ostida onasi bilan raqsga tushganining guvohiga aylandik. 


Jamoat bosh murabbiy Valid Regragining ham Marokashning yarim finalgacha bo'lgan misli ko'rilmagan g'alabalarini onasi bilan nishonlash uchun tribunaga ko'tarilganini guvohi bo'lgan. Regragi shogirdlari bilan Ispaniya ustidan g'alaba qozonishning uddasidan chiqqach, "Al Jazira" telekanali tahlilchisi Usher Komugisha Tvitterdagi sahifasida shunday post qoldirdi: “Valid Regragining onasi Fotima 50 yildan ortiq vaqtdan beri Parijda istiqomat qiladi, biroq o'g'lini futbolchi yoki murabbiy sifatida ishtirok etgan o'yinlarini tomosha qilish uchun biror marta sayohatga chiqmagan. SHu bois murabbiyning volidasi Qatardagi jahon chempionatiga tashrif buyurish uchun qatiy turib oldi. Natijada nima bo'ldi? Onaizor Marokashni chorak finalga yo'l olib, tarixiy natija qayd etishida ruhlantirdi”.

"Al Jazira" nashrining xabariga ko'ra, Regragi va Marokash Qirollik futbol federaciyasi prezidenti Fuzi Lekja futbolchilarning oila azolarini Qatarga sayohat qilishini taminlagan. Ota-onalar Marokash uchun ajratilgan baza — "Wyndham Doha West Bay" mehmonxonasiga joylashgan.

Turnirga o'yinchilarning ota-onalarini jalb qilish rejasi ularning shijoatini ko'tarib turish maqsadida Regragi tomonidan atayin ishlab chiqildi. Avgust oyida ishga kirishgan murabbiy bu haqda shunday dedi: "Bizning muvaffaqiyatga erishishimiz ota-onalarimizning baxtiyorligisiz sodir bo'lmaydi".

Marokashning natijasidan xulosa chiqaradigan bo'lsak, bu reja ishlayotganga o'xshamoqda. Ularning Ispaniya va Portugaliyaga qarshi g'alabalari turnir davomidagi eng katta sensatciyalardan hisoblanadi. Endilikda final yo'llanmasi uchun Franciyaga qarshi muhim bahs ham raqib jamoaning xavotiriga sabab bo'lmoqda.

Jamoaning o'ng qanot himoyachisi bo'lgan taniqli o'yinchilaridan biri bo'lgan Hakimi avvalroq ota-onasi uning uchun qanchalik qadrli ekani haqida gapirgandi. "Biz faqatgina kun ko'rish uchun kurashgan kamtarona sharoitdagi oilamiz", dedi Hakimi 2018 yil "Real Madrid"dan ijara asosida Dortmundning "Borussiya"siga ko'chib o'tganida bergan intervyusida. "Bugun men ular uchun har kuni kurashaman. Ular men uchun o'zlarini qurbon qildilar”.


Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика