So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  10 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  5 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  107 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Jahon chempionati medallarini qo'lga kiritish bo'yicha Germaniya etakchi, Franciya va Argentinada tenglik Yangiliklar

Jahon chempionati medallarini qo'lga kiritish bo'yicha Germaniya etakchi, Franciya va Argentinada tenglik

Faqatgina uch terma jamoa finallarda 100% natija qayd etgan.

Jahon chempionatida g'alaba qozongan sakkiz jamoa orasida Italiyadan tashqari barchasi Qatardagi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Guruh bosqichidan so'ng Urugvay va Germaniya, 1/8dan keyin - Ispaniya, 1/4dan keyin - Braziliya va Angliya mundial bilan xayrlashdi.

Xo'sh, barcha jahon chempionatlaridagi umumiy medallar jadvali qanday ko'rinishga ega? Keling, buni ko'rib chiqamiz. 

Medallar reytingini tuzishda Olimpiada qoidalariga amal qildik, yani oltin medallarni qo'lga kiritish umumiy medallar miqdoridan ustun qilib olindi.

1. Braziliya - 5 oltin, 2 kumush, 2 bronza, jami 9 ta.

2. Germaniya - 4 oltin, 4 kumush, 4 bronza, jami 12 ta.

3. Italiya - 4 oltin, 2 kumush, 1 bronza, jami 7 ta.

4. Argentina - 2 oltin, 3 kumush, jami 5 ta.

5. Franciya - 2 oltin, 2 kumush, 1 bronza, jami 5 ta.

6. Urugvay - 2 oltin, jami 2 ta

7. Angliya - 1 oltin, jami 1 ta

8. Ispaniya - 1 oltin, jami 1 ta

9. Niderlandiya - 3 kumush, 1 bronza, jami 4 ta

• Qatardagi turnir yakunlangach, kuchli uchlik o'zgarmaydi.

• Niderlandiyani chempionlar ro'yxatiga kiritish g'alati tuyulsa-da, uch marta finalda (1974, 1978, 2010) o'ynagan va uchalasida ham mag'lub bo'lgan jamoani alohida etirof etishni lozim ko'rdik.

• Ispaniya, Urugvay va Angliya finallarda 100% natija qayd etishgan.

• Urugvay birinchi (1930) va to'rtinchi (1950) jahon chempionatlarida g'olib chiqdi, keyin esa kubok qarshisiga yaqinlasha olmadi. Jamoa 2010 yilgi mundialning 3-o'rin uchun kechgan bahsida Germaniyaga mag'lub bo'lgandi (2:3).

• Germaniya so'nggi ikki jahon chempionatida guruh bosqichidan nariga o'ta olmayotgan bo'lsa ham, umumiy medallar soni bo'yicha etakchi bo'lib turibdi. 2002 yildan 2014 yilgacha ketma-ket to'rtta mundialda terma jamoa medallar sohibiga aylandi.

• Argentina va Franciya ikkitadan oltin medallarga ega chiqishgan, ammo yakshanba kuni ularning birida bu raqam uchtaga etadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика