So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Jahon chempionati finallarida tarixga muhrlangan sara suratlar Yangiliklar

Jahon chempionati finallarida tarixga muhrlangan sara suratlar

Bugun Qatardagi "Lusayl" stadionida JCH-2022 finali bo'lib o'tadi. Unda Argentina va Franciya to'qnash keladi.

Minglab fotosuratchilar gazeta sahifalarida hamda internet tarmog'ida tarqaladigan va kelgusi yillarda yorqin xotiralarga aylanadigan lahzalarni suratga olishga harakat qilishmoqda.

O'tgan 92 yil davomida suratkashlar 21 ta finalda ishtirok etib, o'zlari guvoh bo'lishgan ko'plab hodisalarni — hayojon, xursandchilik va afsuslanish ko'zyoshlari, gollar va jozibadorlikni tarix sahifalariga muhrladi.

Demak, 1930 yilning 30 iyunida Montevideodagi "Estadio Centenario"da o'tkazilgan Urugvaydagi mundial xotiralariga chorlaymiz.

Urugvay terma jamoasi azolari birinchi jahon chempionati finalida Argentinani mag'lub etib, Jyul Rime kubogini qo'lga kiritganini tantana qilmoqda. G'alaba maydon va uning tashqarsida katta tantanalarga sabab bo'ldi.

FIFAning o'sha paytdagi prezidenti Jyul Rime keyinchalik uning nomi bilan ataladigan kubokni Urugvay futbol associyaciyasi rahbari Raul Judega topshirdi. Ertasi kun Urugvayda milliy bayram deb elon qilindi.


Biroq Urugvay 1930 yilgi turnirga kam sonli Evropa jamoalarining tashrif buyurganidan noroziligini bildirib, Italiyada o'tgan 1934 yilgi mundialda o'z unvonini himoya qilmadi.

To'rt yildan keyingi mundial saralashida jami 32 ta jamoa ishtirok etib, hal qiluvchi bosqichga 16 ta terma jamoa yo'l oldi. Ulardan 12 tasi Evropa mamlakatlari bo'lsa, Janubiy Amerikadan ikkita (Argentina va Braziliya), Afrikadan (Misr) va SHimoliy Amerikadan (AQSH) bittadan jamoa qatnashdi.

Final uchrashuvi Rimdagi "Milliy fashistlar partiyasi milliy stadioni"da bo'lib o'tdi.

Ushbu jahon chempionati turli bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelmoqda, tanqidchilar ushbu turnirdan o'sha paytdagi Italiya Bosh vaziri Benito Mussolini tomonidan fashizmni targ'ib qilish vositasi sifatida foydalanilganini davo qilishadi. SHveciyalik bosh hakam hamda Germaniya va vengriyalik laynsmenlar 1934 yilgi Jahon chempionati finali boshlanishidan oldin nacistlarga oid ishorani ko'rsatib, salomlashishgan.

Turnirning hal qiluvchi bosqichida mezbonlar finalga yo'l oldi va CHexoslovakiyaga qarshi to'qnash keldi.

Qizg'in kechgan bahsning 71-daqiqasida Antonin Puch CHexoslovakiyani hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq bu xursandchilik bor-yo'g'i 10 daqiqa davom etdi, Raymundo Orsi Italiya terma jamoasi foydasiga hisobni tenglashtirib, umid uchqunlarini yoqdi. Hatto Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi (quyidagi rasmda) o'yinni CHexoslovakiya darvozasi ortidan tomosha qildi.

Orsining goli qo'shimcha taymlar o'tishini taminlagan bo'lsa, ushbu bo'limlarning birida Anxel Skiavio gol urib, Italiyaga g'alaba taqdim etdi.


To'rt yildan so'ng Franciya yashil maydonlarida Pozzo shogirdlari yana bir bor bosh sovrin uchun kurash olib borishdi...

1938 yilning yozida bo'lib o'tgan Franciyadagi mundialda 15 ta jamoa qatnashdi. Avstriya urushga Germaniya tomonidan bosib olinishi natijasida musobaqada ishtirok eta olmadi. Hal qiluvchi bahsga esa Italiya va Vengriya etib keldi.

Uchrashuvdagi asosiy voqealar birinchi bo'limda sodir bo'ldi, har ikki tomon ham dastlabki 10 daqiqada gol urishdi. Jino Kolaussi Italiyani oldinga olib chiqqan bo'lsa, Pal Titkos hisobni tenglashtirdi.

Silvio Piola va Kolaussi tomonidan kiritilgan gollar tanaffusga italiyaliklarni ishonch bilan chiqishini taminladi.

Vengriya terma jamoasi sardori Dyorji Sarosi o'yin yakunlanishiga 20 daqiqa qolganida oradagi farqni qisqartirdi, biroq Piolaning ikkinchi goli Italiyaning ketma-ket jahon chempionati finalidagi g'alabasini taminladi — 4:2. Quyidagi suratda Vengriya terma jamoasi azosi Pal Titkos tomonidan kiritilgan gol tasvirlangan.

SHu tariqa, italiyaliklar ketma-ket ikkinchi marotaba jahon chempioniga aylandi. Pozzo esa ikki marta chempion bo'lgan ilk va hozirga qadar yagona murabbiyga aylandi. Bugun Franciya ustozi Dide Deshamda ham shunday imkoniyat bor.

Jahon chempionatining navbatdagi uchrashuvi 12 yildan so'ng o'tkazilishini stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar bilishmagan bo'lsa kerak...


1942 va 1946 yillardagi jahon chempionatlari Ikkinchi jahon urushi tufayli o'tkazilmadi. Nihoyat 1950 yil futbol olamining eng yirik musobaqasi qayta tiklandi.

Braziliyadagi turnir ananaviy tarzda o'tkazilmagani bilan o'ziga xos ahamiyat kasb etgandi. Olipiada tizimi o'rniga guruh bosqichidan so'ng, to'rt guruh peshqadamlari - mezbon hisoblangan Braziliya, Ispaniya, SHveciya va Urugvay yakuniy davrada yana o'zaro guruh bosqichida bellashdi.

So'nggi tur oldidan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan Braziliya bir ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda borayotgan Urugvay bilan to'qnash keldi, bu kubok uchun kurash hal qiluvchi bahs hisoblanardi.

Rio-de-Janeyrodagi "Marakana" stadioniga tashrif buyurgan 173 850 (bazi manbalarda undan ham ko'proq muxlis tashrif buyurgani aytiladi) tomoshabin va butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar ajoyib formaga ega va turnir davomida to'qqizta gol urgan Ademirga ega hujumchilar borligi tufayli Braziliya g'alaba qozonishini kutishgandi.

47-daqiqada Friaca Braziliyani oldinga olib chiqdi, go'yoki barchasi scenariy bo'yicha ketayotgandi.

Ammo ikkinchi bo'limda Xuan Alberto SHiaffino va Alsides Giggia tomonidan kiritilgan gollar braziliyaliklarning umidini tilka-pora qildi.

Mazkur g'alaba Urugvayga ikkinchi jahon chempionligini taqdim etdi. 


Oradan to'rt yil o'tgach, mundial mezbonligi Evropaga ko'chdi. Hal qiluvchi bahsga Germaniya va Vengiya terma jamoalari yo'l oldi.

Agar 1950 yil Braziliya chempionlik uchun asosiy favorit hisoblangan bo'lsa-da, to'rt yildan keyingi Vengriyaning qudrati bilan solishtirganda braziliyaliklarning imkoniyati hech narsa emasdi.

50-yillarning o'rtalarigacha Vengriya jamoasi "Qudratli vengerlar" dahshatli kuchga edi, jumladan, SHandor Kochish, Nandor Xidegkuti, Zoltan Czibor, Yozef Bozshik, Gyula Groshich va afsonaviy Ferenc Pushkash singari ajoyib tarkib shakllangandi.

Ular 1953 yil "Uembli"da bo'lib o'tgan "Asr o'yini"da Angliyani 6:3 hisobida taslim etgan hamda 1954 yilgi mundialning finalga qadar bosib o'tgan yo'lida Braziliya va Urugvayni musobaqadan chiqarib yuborgandi.

1950 yilda FIFAga qabul qilingan G'arbiy Germaniya 1954 yilgi Jahon chempionatidan oldin ishtiroki nomalum edi. Mundial guruh bosqichida ular Vengriya bilan to'qnash kelishib, 8:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Buni qarangki, finalda ham ushbu jamoalar o'zaro bellashishiga to'g'ri keldi.

Finalda Vengriya 8 daqiqa ichida Pushkash va Czibor tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

Biroq G'arbiy Germaniyaning javobi tez va hayratlanarli tarzda sodir bo'ldi. 10-daqiqada Maks Morlok gol urdi, 18-daqiqada esa Helmut Ran hisobni tenglashtirdi.

Vengriya yana ustunlikni o'z qo'liga oldi, bir necha bor darvoza tomon zarba berdi, hamtto Pushkashning goli o'yindan tashqari holatda deb topilib, bekor qilindi.

Asosiy vaqt yakunlanishiga olti daqiqa qolganida Ran G'arbiy Germaniyaga g'alaba taqdim etdi. Ushbu o'yin "Bern mo'jizasi" nomini oldi.

1958 yilgi jahon chempionati Braziliya tomonidan ilk g'alabasini nishonlagani hamda dunyoni 17 yoshli Pele ismli forvard bilan tanishtirgani bilan yodda qolgan.

Edson Arantes do Nasimento jahon arenasida katta muvaffaqiyatga erishdi. Jumladan, forvard chorak final doirasida Uels ustidan qozonilgan g'alabada yagona gol muallifiga aylandi. Yarim finalda Franciya ustidan 5:2 hisobidagi g'alabada esa xet-trik qayd etdi.

Finalda Braziliya SHveciya bilan to'qnash keldi.

Hal qiluvchi bahs janubiy amerikaliklar uchun ko'ngildagidek boshlangani yo'q, chunki Solna shahridagi “Rasunda” stadionida Nils Liedholm to'rtinchi daqiqada SHveciyani hisobda oldinga olib chiqdi.

Besh daqiqadan so'ng Vava muvozanatni tikladi, 32-daqiqada esa Braziliyani hisobda oldinga olib chiqdi. 

SHunday so'ng Pele katta sahnaga chiqib, 55 va 90-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi hamda Braziliyani 1950 yilda qolgan jarohatlarini davolashga xizmat qiladigan g'alabani tortiq qildi.

To'rt yildan so'ng Braziliya yana finalga yo'l oldi, ammo jamoa musobaqa davomida o'zlarining "tumori"siz qoldi.

Braziliyaning ikkinchi o'yinidagi jarohat Peleni turnirning qolgan qismida ishtirok eta olmasligiga sabab bo'ldi. SHunga qaramay, janubiy amerikaliklar turnirni ajoyib tarzda o'tkazdi. Guruh bosqichida peshqadamga aylangan sariq liboslilar pley-offda Angliya va mezbon CHilini mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Hal qiluvchi bahsda esa guruh bosqichida (0:0) to'qnash kelgan hamda Peleni musobaqaning qolgan qismini tribunada tomosha qilishga majbur etgan CHexoslovakiya bilan to'qnash keldi.

Santyagodagi “Estadio Nacional”da kechga bahsda Jozef Masopustning goli evropaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq Amarildo ikki daqiqa o'tar-o'tmas hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda esa Zito va Vavaning gollari braziliyaliklarga g'alaba taqdim etdi.

Braziliya ketma-ket jahon chempionatlarida g'alaba qozonib, Italiyaning natijasini takrorladi. SHundan beri hech bir jamoa ushbu natijani takrorlay olmadi. Bugun Franciya bunga erishishi mumkin.


1966 yilgi Jahon chempionati finali har bir angliyalik muxlisning qalbiga muhrlangan bo'lib, "Uch sherlar" shunday buyon yirik turnirda boshqa g'alaba qozonmagan.

"Uembli"da 96 924 tomoshabinni qamrab olgan bahsning oynai jahon orqali tomosha qilish ko'rsatkichi bo'yicha Buyuk Britaniya tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan teleko'rsatuvga aylandi. 

Final Angliya uchun ko'ngildagidek boshlanmadi, Elmut Aller G'arbiy Germaniyani 12-daqiqada oldinga olib chiqdi.

Lekin Jeoff Hyurst jarima zarbasidan so'ng boshi bilan to'pga zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

O'yin tugashiga 12 daqiqa qolganida Martin Peters Angliya terma jamoasini oldinga olib chiqdi, ammo so'nggi daqiqada Volfgang Veber jarima zarbasidan keyingi palapartishlikdan foydalanib, o'yinni qo'shimcha taymlarga ko'chishini taminladi.

Angliyaning uchinchi goli va Hyurstning ikkinchi goli bugungi kungacha bahsli bo'lib qolmoqda. "Vest Hem" hujumchisining jarima maydoni ichida burilib olib, yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, chiziq ustiga tushadi hamda keyinchalik maydonni tark etadi. Ozarbayjonlik laynsmen Tofiq Bahramov esa gol bo'lganiga ishora qildi... Yakunda 4:2 hisobida g'alaba qozongan Angliya o'z mamlakatida bo'lib o'tgan mundialda yagona chempionligini qo'lga kiritdi.


SHuni aytish mumkinki, Meksikadi 1970 yilgi mundialda Angliya chempionlikni himoya qilishi mumkin edi, chunki ular hamon kuchli tarkibga ega edi.

Ammo G'arbiy Germaniya chorak finalda Angliyani mag'lub etib, to'rt yil avvalgi final uchun qasos oldi.

1970 yil faqatgina bitta boshqalardan ajralib turadigan jamoa bor edi — Braziliya.

Butun dunyo bo'ylab rangli tasvirdagi ekranlarda namoyish etilgan Jahon chempionatida Braziliya Pele, Jairzino, Rivellino va Karlos Alberto kabi rang-barang o'yin namoyish etuvchi futbolchilarni taqdim etdi.

Finalda ular "Estadio Azteca" stadionida Italiyaga qarshi to'qnash kelishdi va darhol o'z ishlarini boshlab yuborishdi, Pele boshi bilan darvozani ishg'ol qildi.

Roberto Boninsegna Braziliya himoyasidagi xatodan unumli foydalangan holda hisobni tenglashtirdi, ammo Braziliyani to'xtatib qolishning imkoni bo'lmadi: Jerson va Jairzino hisobni 3:1 ko'rinishga keltirib, jamoasining o'yinni to'liq nazoratga olishini taminladi.

Jamoa sardori Karlos Alberto jamoviy hujum natijasi ajoyib gol urib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Mazkur g'alaba Braziliyaga uchinchi bor jahon kubogini taqdim etdi.


Niderlandiya 1974 yil o'zining total uslubdagi o'yini bilan butun dunyoni hayratda qoldirayotgandi, bunday taktika orqali har qanday o'yinchi jamoadagi boshqa sherigining o'rnini to'ldirishi mumkin edi. Ularning etakchisi "Ayaks" akademiyasida tarbiyalangan va o'sha paytda "Barselona"da o'ynayotgan Yohan Kroyff edi.

Niderlandiyaliklar Myunxendagi finalda mezbon G'arbiy Germaniyaga qarshi o'yinni o'z ananalariga muvofiq holda boshlab, ikkinchi daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib oldi: Nesskens penaltidan unumli foydalandi.

Biroq G'arbiy Germaniya ham jamoa sardori bo'lgan himoyachi Franc Bekkenbauer boshchiligida hamda hujumda Gerd Myuller singari etakchilarga ega shakllangan jamoa sanalardi.

Pol Breytner ham 11 metrli nuqtadan aniq foydalanib, o'yinda hisobni tenglashtirdi. Myuller esa tanaffusga chiqish arafasida nemislarni oldinga olib chiqdi. G'arbiy Germaniya 1972 yilda qo'lga kiritilgan Evropa chempionligi unvoniga Jahon kubogini ham qo'shib qo'ydi.

Niderlandiya esa to'rt yildan so'ng qaytamiz dedi...

Niderlandiya qaytdi, lekin yana bir bor tazirini edi.

Kroyffsiz qolgan jamoa 1978 yilgi mundialda ham finalga yo'l oldi va yana mezbonlar bilan to'qnash keldi - bu safar Argentinaga qarshi.

Buenos-Ayres shahridagi “Estadio Monumental” stadionida argentinaliklar o'z muxlislari ko'z o'ngidagi g'alaba qozondi.

38-daqiqada Mario Kempes hisobni ochdi, ammo ikkinchi bo'limda Dik Nanninganing boshi bilan yo'llagan zarbasi evaziga hisob tenglashdi.

Qo'shimcha taymlarda Kempes yana gol urdi. Daniel Bertoni esa uchrashuv yakuniga besh daqiqa qolganida o'yin taqdirini hal qildi. SHu tariqa, niderlandlar yana turnirni alam ko'zyoshlari bilan yakunladi.


1982 yilgi mundial finali Ispaniyaning Madrid shahridagi "Santyago Bernabeu" stadionida Evropaning ikki kuchli jamoasi - Italiya va G'arbiy Germaniyani ro'baro' qildi.

Birinchi bo'lim osoyishta tarzda yakunlandi, bu sokinlikni turnirning eng yaxshi to'purari bo'lgan Paolo Rossi buzdi. Marko Tardelli va Alessandro Altabelli esa hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Paul Breitnerning javob oli esa amalda hech narsani o'zgartirmadi.

Mazkur g'alaba Italiyaga 44 yil ichida ilk jahon chempionligini taqdim etdi hamda ular turnir g'olibligi borasida Braziliya bilan tenglashib oldi.


1986 yilgi jahon chempionatida bir yulduz chaqnadi — Diego Armando Maradona.

Kichkina sehrgarning Angliyaga qarshi chorak final doirasidagi ham futbol qoidalariga zid, ham fantastik tarzda kiritgan to'plari tarixga muhrlanib qolgan. 

Meksikaning "Azteca Stadium"ida o'tkazilgan Germaniyaga qarshi final bahsi dahshatli ruhda o'tdi.

Uchrashuv davomida Matteus boshchiligidagi nemislar Maradonaga gol urish uchun imkon berishmadi, lekin baribir Diego o'yin taqdirini hal qildi. Aynan uning uzatmasidan so'ng Burruchaga Argentinaliklarga chempionlikni tortiq etuvchi gol muallifiga aylandi.

Taqdir 1990 yilgi jahon chempionatida ushbu ikki jamoani yana o'zaro yuzlashtirdi. 

Nemislar uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda Bremening penaltidan urgan goli evaziga "qasos oldi". Qolaversa, o'yin davomida Argentinaning ikki o'yinchisi chetlatildi. 

Maradona uchrashuv yakunlangach, ko'zyoshlarini tiya olmadi, Germaniya esa chempionlik borasida Braziliya va Italiya bilan tenglashib oldi.


1994 yilgi jahon chempionati esa yangi sahifa ochdi va turnir mezbonligi Evropa va Janubiy Amerikaga emas, shimolga — AQSHga taqdim etildi. Ushbu mundial finali Roberto Badjoning zarbasi bilan yodda qolgan.

Kaliforniya shtatida bo'lib o'tgan hal qiluvchi bahsda Braziliya va Italiya to'qnash keladi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda hisob ochilmagach, jamoalar penaltilar seriyasida o'z omadlarini sinab ko'rishadi. 

Ikkala jamoa ham dastlabki urinishda foydalana olmaydi. Ammo keyingi ikkitadan zarba muvaffaqiyatli chiqadi. Daniel Massaro ham imkoniyatdan foydalana olmasdan, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'yadi. Dunga esa braziliyaliklarni oldinga olib chiqadi. Hal qiluvchi zarba yoniga Italiyaning finalga yo'l olishida muhim rol o'ynagan yulduz — Roberto Badjo yaqinlashadi. Ammo uning yo'llagan zarbasi darvoza to'sinidan yuqorilab ketadi va Braziliyaga to'rtinchi jahon chempionligini taqdim etib, eng sovrindor jamoaga aylantiradi.

Braziliyaliklar 1998 yil yana finalga qadar etib borishdi, biroq bu safar ular qarshilik ko'rsatishga ojiz bo'lgan kuchlarga duchor bo'ldi.

Parijda, mezbon Franciyaga qarshi o'yinga ahvoli yaxshi bo'lmagan Ronaldo ham Braziliyaga yordam bera olmadi.

Braziliyaning ishongan hujumchisi tezligi, kuchi va darvoza oldidagi mahorati evaziga ko'pgina o'yinlarda g'alaba qozonishga yordam berayotgan super yulduz edi.

Ammo finalga qadar uning salomatligida muammolar paydo bo'ldi, shunday bo'lsa-da, hal qiluvchi bahsda tarkibdan o'rin egalladi. Biroq uning holati o'z tasirini ko'rsatdi va finalda samaradorlik bermadi.

Qolaversa, mezbonlarning Zidan atalmish etakchisi o'yinni hal qildi. 10-raqamli yulduz ikki bor bosh bilan Braziliya darvozasini ishg'ol qildi, yana bir golga Petit mualliflik qildi.


Biroq Ronaldo to'xtab qolmadi.

Uning etakchiligidagi Braziliya to'rt yil o'tgach, Osiyoda bo'lib o'tgan Yaponiya va Janubiy Koreya mezbonligidagi Jahon chempionatida eng oliy vazifasini bajarishni uddaladi.

Germaniyaga qarshi kechgan bahsda aynan Ronaldoning Oliver Kan darvozasiga urgan ikki goli "pentakampionlar"ga beshinchi kubokni taqdim etdi. Qolaversa, "so'yloq" turnir davomida sakkizta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Zidan 1998 yilgi mundialda qahramon bo'lgan bo'lsa, sakkiz yildan keyin yana eng yodda qolarli shaxsiga aylandi, bu safar xursand qiladigan kishi sifatida emas.

Berlindagi "Olimpiya" stadionida Italiyaga qarshi bahsda u penaltini o'ta nozik tarzda amalga oshirib, hisobni ochdi. 

Oradan ko'p vaqt o'tmay, Pirloning burchakdan uzatmasini Materacci bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'yadi va hisobni tenglashtirdi.

SHu tariqa, asosiy vaqt durang natija bilan yakunlandi. Qo'shimcha vaqt davom etayotgan bir pallada Zidan Materaccining ko'kragiga boshi bilan zarba berib maydonga qulatadi hamda o'zining so'nggi o'yinida maydondan chetlatiladi.

Qolgan 10 daqiqani Franciya 10 kishi bo'lib o'tkazadi hamda penaltilarga qadar etib boradi. Ammo 11 metrli nuqtadan zarba berish bo'yicha bellashuvda Italiya zafar quchadi.

Jahon chempionati mezbonligi 2010 yil yangi hududga ko'chdi, ilk bor Afrika mamlakati (JAR) mundialni qabul qildi.

Ispaniya 2010 yilgi jahon chempionatiga Evropa chempioni sifatida hamda asosiy tarkibi “Barselona” va “Real Madrid” futbolchilaridan tashkil topgan iqtidorlarga boy tarkib bilan etib keldi.

Ular turnir finali jismonan kuchli Niderlandiya jamoasi bilan to'qnash kelishdi.

90 daqiqa davomida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan niderlandlar 116-daqiqada Inestaning zarbasini o'tkazib yuboradi. Oradan ikki yil o'tgach, ispanlar Evropa qitasidagi gegemonligini munosib himoya qildi.

Germaniya 2014 yilgi turnirning yarim finalida Braziliyani 7:1 hisobida mag'lub etib, mezbonlarni va butun dunyoni lol qoldirdi.

Finalda ularga 1986 va 1990 yillardagi eski raqibi Argentina duchor bo'ldi.

Avvalgi mundial singari ushbu final taqdirini ham qo'shimcha daqiqalarda urilgan yagona hal qildi, Mario Gyotce Germaniyaga to'rtinchi jahon chempionligini taqdim etdi.

To'rt yil o'tib, Rossiyadagi turnir finali Moskvadagi "Lujniki" stadionida Franciya va Xorvatiya o'rtasidagi bo'lib o'tdi.

78 011 tomoshabin va 1,12 milliardga yaqin global televidenie auditoriyasi qarshisida xorvatlar hujumchisi Mario Manjukichning avtogoli Franciyani oldinga olib chiqdi. SHunga qaramay, tushkunlikka tushmagan "shaxmatchilar" oldinga tashlandi, natijada Perishich hisobni tenglashtirdi. So'ngra 1998 yilgi jahon chempionlari o'yin nazoratini o'z qo'llariga olishdi, birinchi bo'limda Antuan Grizmann penaltidan gol urgan bo'lsa, ikkinchi taymda Pol Pogba va Kilian Mbappening gollari chempionlik taqdirini deyarli hal qildi. Manjukichning tasalli beruvchi goli ham jamoasiga yordam bera olmadi.

Bugun ushbu suratlar kollekciyasi yana boyiydi...

Argentina

Lionel Messi - 23', Angel Di Maria - 36', Lionel Messi - 108', Lionel Messi - 121', Paulo Dybala - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121'

World Cup Final Stage . final-tur

18/12/2022, 19:00

5
:
7
Tugadi

France

Kylian Mbappe - 80', Kylian Mbappe - 81', Kylian Mbappe - 121', Randal Kolo Muani - 121'

Stadion: Lusail Stadium, 88966 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
120'
23'  Lionel Messi
36'  Angel Di Maria
36'  Alexis Mac Allister
45'  Enzo Fernandez
64'  Angel Di Maria (Marcos Acuna)
90'  Marcos Acuna
91'  Nahuel Molina (Gonzalo Montiel)
102'  Rodrigo De Paul (Leandro Paredes)
102'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
108'  Lionel Messi
114'  Leandro Paredes
116'  Alexis Mac Allister (German Pezzella)
116'  Gonzalo Montiel
120'  Nicolas Tagliafico (Paulo Dybala)
41'  Ousmane Dembele (Randal Kolo Muani)
41'  Olivier Giroud (Marcus Thuram)
55'  Adrien Rabiot
71'  Antoine Griezmann (Kingsley Coman)
71'  Theo Hernandez (Eduardo Camavinga)
80'  Kylian Mbappe
81'  Kylian Mbappe
81'  Marcus Thuram
87'  Marcus Thuram
90'  Olivier Giroud
96'  Adrien Rabiot (Youssouf Fofana)
113'  Raphael Varane (Ibrahima Konate)
118'  Kylian Mbappe
120'  Jules Kounde (Axel Disasi)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика