Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi Osiyo mintaqasi "A" guruhi o'yinlari BAAda o'tkaziladi
31 may 2021 21:00
Yangiliklar
Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi Osiyo mintaqasi "A" guruhi o'yinlari BAAda o'tkaziladi
Futbol bo'yicha Jahon chempionati-2022 Osiyo mintaqasi saralash bosqichining "A" guruhi o'yinlari Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi.
Saralash o'yinlari Xitoyning Sichjou shahrida o'tkazilishi kerak edi. "A" guruhidan o'rin olgan Maldiv va Suriya davlatlarida COVID-19'ga qarshi qatiy karantin choralari qo'llanilayotgani tufayli ushbu terma jamoalar saralash bosqichida qatnasha olmaydi. SHuningdek, Xitoyda ham karantin tartiblari kuchaytirilgan.
Osiyo futbol konfederaciyasi "A" guruhining qolgan saralash o'yinlarini Xitoyda emas, Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirish qarorini qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdan Maldiv va Suriyadan tashqari, Xitoy, Filippin va Guam terma jamoalari o'rin olgandi.
Fikrlar