So’nggi yangiliklar

07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  0 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  41 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  14 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10

Jafar Irismetov chempion, autsayder va to'purarlar haqida nima deydi? Yangiliklar

Jafar Irismetov chempion, autsayder va to'purarlar haqida nima deydi?

Teglar :  Jafar Irismetov
Yana ikki turdan so'ng mamlakatimizda oliy va birinchi liga o'yinlariga yakun yasaladi. Qizig'i, chempion, autsayder va debyutant klublar nomi hozircha nomalum bo'lib turibdi.

Bu borada ko'pchilik o'z fikrini aytgan xolda, turlicha munosabat bildirmoqda. Biz esa tajribali sobiq hujumchi Jafar Irismetov bilan suhbatlashib, uning ham fikrlarini bilishga qiziqdik.

CHEMPIONLIK MASALASI HAQIDA
- “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasida kechayotgan chempionlik poygasida har ikki klubning ham imkoniyati deyarli teng deyish mumkin. To'g'ri, “sherlar” keyingi tur “Nasaf” mehmoni bo'ladi. Ammo qarshiliklar 3-o'rinni naqd qilib bo'lganini ham unutmaslik kerak. Futbolchilar ruhan o'zlarini tayyorlashi qiyin bo'ladi. CHunki “Paxtakor”ni yutgan taqdirda ham “ajdarlar” mavsumni 3-o'rinni yakunlaydi. SHuningdek yutqazsa ham bronzaga ega chiqadi. Masalaning yana bir tomoni ham borki, “Nasaf” keyingi turni joriy mavsum hisobidan o'z maydonidagi so'nggi rasmiy o'yinini o'tkazadi. Jamoa o'z muxlislariga xursandchilik ulashishga urinishi ham mumkin. Agar shunday bo'lsa “Paxtakor”ga ham oson bo'lmaydi.

- “Lokomotiv”ning keyingi ikki o'yiniga keladigan bo'lsak, katta ehtimol bilan har ikkisida ham g'alaba qozonadi. Ular ko'proq “Paxtakor”ning ochko yo'qotishini kutmoqda deyish mumkin. Lekin bu – futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin.


OLIY LIGANI QAYSI JAMOA TARK ETISHI MUMKINLIGI TO'G'RISIDA
- Autsayderlar o'rtasida kechayotgan kurashda ham tenglikni aytish mumkin. O'zingiz ham guvohi bo'lyapsiz, so'nggi turlarda kutilmagan natijalar uchramoqda. Autsayder bo'lib turgan “Buxoro” oxirgi o'yinida safardan g'alaba bilan qaytdi. Buxoroliklar keyingi turni o'z maydonida “Neftchi”ga qarshi o'tkazadi. So'ngra Jizzaxga safar uyushtiradi. Agarda farg'onaliklar taslim etilsa, ularning futbolchilari ruhan katta o'sishga erishadi va so'nggi turda haqiqiy jangga guvoh bo'lamiz.

- “Dinamo” esa menimcha oliy ligada qoladi. Ularning imkoniyati boshqalarga nisbatan yuqori. “Andijon” boradi va so'ngra “Olmaliq”ni qabul qiladi.

- “So'g'diyona”ga keladigan bo'lsak, ularga juda qiyin bo'ladi. “Qo'qon-1912”ga borib oxirgi turda ashaddiy raqibiga aylanib ulgurgan “Buxoro”ni qabul qiladi. Istaysizmi yo'qmi chempionatning oxirgi o'yinida jiddiy kurash kechadi.

- Ko'p narsa navbatdagi turga bog'liq. 29-turdan so'ng vaziyat deyarli oydinlashib qoladi. Ko'ramiz omad kimga kulib boqarkin.


OLIY LIGAGA QAYSI JAMOA TO'G'RIDAN-TO'G'RI CHIQISHI HAQIDA
- Huddi oliy ligadagi kabi quyida ham kurash jiddiy tus olgan. “Oq-tepa”ning qolgan ikki o'yini “Mashal-2” va “Xorazm”ga qarshi o'tadi. Urganchdagi o'yinda ularga qiyin bo'lishi ham mumkin. Ammo shunisi ham borki, “Xorazm”da o'sha kunga kelib, muammolar tug'ilishi ham mumkin. CHempionatning so'nggi turida futbolchilarda jaroxatlar paydo bo'ladi. Aksincha jiddiy kurash bo'lsa u xolda “Oq-tepa” yaqin taqibchisini o'tkazib yuborsa kerak.

- “Obod”ning o'yinlari esa nisbatan osonroq. “Xotira-79” o'z uyida jang qila olmaydi. Tan olish kerak, uychiliklar bugungi kunda jiddiy qarshilik tug'diradigan darajada emas. “Obod”ning so'nggi o'yini o'z maydonida “Kosonsoy” bilan o'tadi. Katta extimol bilan menimcha toshkentliklar har ikki uchrashuvda ham o'zlari uchun kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'ara oladi.

- Ko'ryapsiz bu erda ham vaziyat juda nozik. Qaysidir jamoaning imkoniyatini yuqori baholaganingiz bilan keyinchalik voqealar rivoji aksincha tus olishi ham hech gap emas.


TO'PURAR KIM BO'LADI?
- To'purarlar poygasida ham jiddiy kurash kechmoqda. Unda Sergeev g'olib chiqadimi yoki Vahobov? Bir narsa deyish qiyin. “Paxtakor” hujumchisi “Nasaf” bilan o'yinda gol ura olmasligi mumkindir, lekin so'nggi turda “Andijon” darvozasini ishg'ol etish extimoli yuqori.

- Vahobov esa jamoasining “Metallurg” va “Neftchi”ga qarshi kechadigan o'yinida gollari sonini orttirib olishi mumkin.

- Har ikki hujumchining ham o'yin uslubi bir-biridan farq qiladi. Menga qolsa Bahriddin to'purar bo'lgani maqul. CHunki u bilan ilgari birga o'ynaganmiz.

- Quvonarlisi joriy mavsum o'zimizning hujumchilar to'purar bo'lishga yaqin turibdi. Oxirgi yillarda hujumchilarimiz bunchalik sermahsullik ko'rsata olmayotgandi.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика