So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Jafar Irismetov: Ayaksdan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p ekan Yangiliklar

Jafar Irismetov: Ayaksdan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p ekan

So'g'diyona, Qo'qon-1912, Metallurg, Paxtakor hamda Qizilqum jamoalari texnik direktorlari ­Amsterdamga safar uyushtirib, Ayaks klubi akademiyasining ish faoliyati, selekciya jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Biz safar taassurotlari yuzasidan «Paxtakor» sport direktori Jafar Irismetov bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Jafar aka, ushbu safar kim tomonidan tashkil qilindi? O'zbekistondan kimlar bordi?

- Gollandiya safari O'zbekiston futbol associaciyasi hamda «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi SHota Arveladze tashabbusi va hamkorligida amalga oshirildi.

Unda «So'g'diyona» klubi prezidenti O'ktam Mahmudjonov, «Qo'qon-1912» jamoasi vice-prezidenti Baxtiyor Tolipov, «Qizilqum»dan Farhod Nurullaev hamda «Metallurg»dan SHavkat Saidovlar ham Gollandiyada bo'lib qaytishdi.

- Safardan ko'zlangan asosiy maqsad nima edi?

- «Ayaks» akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, ushbu klubda bolalar futboliga qaratilayotgan etibor, mashg'ulotlarning o'tkazilish jarayoniga bevosita guvoh bo'lishdan iborat edi. O'ylaymanki, har birimiz bu safardan o'zimiz uchun katta foyda oldik va o'rganganlarimizni amaliyotga tatbiq etamiz.

- «Ayaks» klubi o'zining bolalar futboliga etibor qaratishi bilan mashhur. O'zingiz ham bunga guvoh bo'ldingiz. Bizdagi bolalar futboliga munosabat, o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan taqqoslaganda, farq sezilarli darajada kattami?

- Ha, aksariyat yo'nalishlarda bizdan yaxshigina o'zib ketishgan. Birinchi galda akademiyada bolalarning futbol bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni aytish kerak. «Ayaks» akademiyasi juda katta hududni egallagan ekan. Maydonlarning sifati alohida mavzu. Bunday sharoitlarda shug'ullangan bolalardan yomon futbolchi chiqmasligi turgan gap.

Agar biz ham akademiya va futbol maktablaridagi sharoitlarni normal holatga keltira olsak, bizdan ham istedodli futbolchilar etishib chiqadi. Afsuski, hozir akademiyalar faoliyati, futbol maktablarimiz bilan maqtana olmaymiz.

- Bizda murabbiylar maosh kam deb nolishadi va buning natijasida qo'shimcha guruhlarni tashkil qilishadi. Buning natijasida sifat tushib ketadi. So'ramoqchi bo'lganim, «Ayaks» akademiyasining bitta guruhida shug'ullanadigan bolalar soni qancha ekan?

- Har bir guruhda kamida 18, ko'pi bilan 20 nafar bola bo'lib, yosh futbolchilarning umumiy sonini 200dan oshirishmas ekan. Har bir tarbiyalanuvchining istedodini maksimal darajada yuzaga chiqarishga jiddiy etibor qaratiladi. Test sinovlari ham qatiy talablar asosida o'tkazilarkan.

«Ayaks» akademiyasida ishlayotgan murabbiylar katta maosh olishadi. Siz aytgandek, ikkinchi yoki uchinchi guruhlarni tashkil qilish haqida o'ylashmaydi ham. Bor etiborlarini yosh futbolchilarni tarbiyalash va «Ayaks»ning bosh jamoasiga etkazib berishga qaratishadi.

- Qabul necha yoshdan bo'lar ekan? Boshqa davlatlardan ham yosh futbolchilarni shartnoma asosida qabul qilishadimi?

- Sakkiz yoshdan qabul qilinadi. Bola 17 yoshga to'lgunigacha akademiyada futbol sirlarini o'rganadi va istedodlilari keyin asosiy jamoaga o'tkaziladi. Boshqa davlatlardan faqat eng iqtidorli bolalargina «Ayaks» akademiyasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Lekin bunday futbolchilar soni kam, chunki Gollandiyaning o'zi istedodlarga boy. Asosan Amsterdam va unga yaqin shaharlardan bolalarni qabul qilishadi. Bu erda selekciya xizmati alo darajada ishlaydi.

- «Ayaks»dan tashqari boshqa klublarda ham bo'ldinglarmi?

- Yo'q. CHunki Amsterdamga safarimiz uch kunga mo'ljallangandi. «Ayaks» klubining ECHL doirasidagi «SHturm» jamoasiga qarshi o'tkazgan o'yinini bevosita stadiondan tomosha qildik va  ertasi kuni O'zbekistonga qaytib keldik.

- Safardan olgan umumiy taassurotlaringiz o'ylaganingizdan ortiq bo'ldimi? 

- Taassurotlar alo darajada. Lekin ikki kun juda kam muddat ekan. SHunga qaramay, maksimal darajada o'rganishga harakat qildik. SHaxsan o'zim futbolchilarning o'tish davrida ko'zga tashlanadigan muhim jihatlarini o'rgandim va endi "Paxtakor" mashg'ulotlariga 2-3ta o'zgartirish kiritamiz.


Manba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика