So’nggi yangiliklar

02:33Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Эспаньол" дарвозаси томон 24та зарба бериб ҳам гол ура олмади  1 01:20Виктор Осимхен "Челси" билан келиша олмаса, Европани тарк этади!  1 01:05Жавоҳир Илёсов: "Сўнгги дақиқада ғалаба голининг урилиши икки карра ёқимли бўлади"  0 00:45Асрор Алиқулов: “Дерби курашларга бой ўтиши кутилганди”  1 00:32Анвар Бердиев: “Футболчиларимиз бугун қандайдир ишончсиз ҳаракат қилишди”  1 23:59Колумбиялик мухлислар билан жанжаллашган Дарвин Нуньес оғир жазога тортилди  3 23:25"Бавария" "Реал Мадрид"нинг оғзидаги ошни олиб қўймоқчи  1 22:59Фарҳод Нишонов: “Бизда кичик Қуттибоев бор”  0 22:44Неъматилло Қуттибоев: “Йўқотишлар панд беряпти”  2 22:35Анчелотти Мбаппенинг Ла Лигадаги омадсиз старти ҳақида гапирди  4 22:14Жейдон Санчонинг янги клуби маълум, у Европанинг гранд клубига ўтмоқда  5 21:50Про лига. "Арал" "Олимпик Mobi-Uz" билан дуранг ўйнади, марказий ўйинда эса "Машъал" "Шўртан"дан устун келди  2 21:21Максим Шацких ва бошқалар — Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари  3 21:10Авазбек Ўлмасалиев: "Натижани қишда сарҳисоб қиламиз. Бор эътиборимиз мақсадимизга қаратилган"  2 20:29"Жаҳон чемпиони дарвозасига урган голимни ҳеч қачон унутмайман" — бутсаларини "Нефтчи"да михга илган Шерзод Каримов бугун нима билан банд?  11

Jadvaldagi peshqadamlar to'qnashuvi. "Liverpul" - "Arsenal" (prevyu) Yangiliklar

Jadvaldagi peshqadamlar to'qnashuvi. "Liverpul" - "Arsenal" (prevyu)

Angliya Premer-ligasining bu turdagi markaziy o'yini "Enfild" stadionida o'tkaziladi. "Liverpul" hamda "Arsenal" o'rtasidagi bahslarda doimo ko'plab gol va vaziyatlarni guvohi bo'lganmiz.

Yangilangan "Arsenal" CHempionlar ligasi g'olibini taslim etish uchun Mersisaydga boradi.


Turnir jadvalidagi holat

"Liverpul" va "Arsenal" APLning dastlabki ikki turida maksimum ochko to'plab, birinchi o'rinni bo'lishib turishibdi. Ikkala klub ham so'nggi raqiblarini qiyinchilik bilan taslim qilishdi. "Sautgempton"ga qarshi bahsda Yurgen Klopp shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan paytda "qizillar" posboni Adrian xatoga yo'l qo'yib, darvozasi dahlsizligini saqlay olmadi. Denni Ingz ikkinchi golni urib, jamoasiga durangni taqdim etishi mumkin edi, biroq u qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi.


"To'pchilar" o'z uyida "Byornli"ni mag'lub etishdi. 2:1 hisobida yakunlangan bahsda mehmonlar ochko olish uchun bor kuchini ishga solishdi. Sokratis va Luis jarima maydonchasiga uzatilgan ko'plab paslarni qaytarishda katta muammoga duch kelishdi. "Byornli" forvardlari Kris Vud va Eshli Barns ikkinchi  qavatdagi kurashlarda tez-tez g'olib chiqishdi. London klubining bu g'alabasini ishonchli deb bo'lmaydi. Unai Emeri himoya chizig'ida bazi o'zgarishlarni amalga oshirishi lozim.


"Arsenal" himoyachi "Liverpul"ning hujumdagi uchligiga dosh bera olmaydi

O'tgan mavsum "Enfild" stadionida bo'lgan bahsda "Liverpul" o'z pressingi bilan "to'pchilar"ni juda qiyin ahvolga solib qo'ygandi. O'shanda "Arsenal" bahsni faol boshlab, xatto hisobni ochishga muvaffaq bo'lgandi. Keyin mersisaydliklar Bernd Leno darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilishdi. "Arsenal" bir necha chiziqli himoyadan foydalanishni bilmaydi. Emeri jamoalari pozicion himoyada juda kuchsiz.

Obameyyang o'zi, Lyakazett va Pepeni "qizillar"ning hujumdagi uchligiga tenglashtirdi, ammo bir qator faktlarni hisobga olmadi. "Arsenal"ning hech bir forvardi "Liverpul" hujumchilaridek katta hajmda ish qilishmaydi. Saloh, Firmino va Mane ortiqcha qiyinchiliklarsiz qanot va markazda bir-birining o'rnini egallay oladi. Londonliklar himoyachilari bu tezlikka mos o'yin ko'rsata olishmaydi. Yagona variant "Liverpul" uchligi harakatlarini cheklab qo'yish, ammo buning uchun tayanch yarim himoyachilari va xatto vingerlar yordami kerak bo'ladi.


Pepe asosiy tarkibda o'ynaydigan vaqt keldi

Ivuarlik forvardning texnikasi "Arsenal"ga to'pni nazorat qilishga yordam beradi. U mehnatkash va Pepening harakatlarini oldindan aytib bo'lmaydi. "Byornli"ga qarshi bahsdagi 45 daqiqa ichida u zarba uchun 3ta pas berdi va 4 marta raqiblarini aldab o'tdi. Nikolya o'yinni o'ziga olishdan qo'rqmaydi va maydondagi harakatlari Per-Emerik Obameyyang kabi cheklangan emas.

Na Riz Nelson, na Genrix Mxitaryan Pepe kabi hujum yaratishda sifatli emas. Markazda etarli yordam bo'lsa (Sebalos), ivuarlik Obameyyang va Lyakazett uchun katta bo'sh joy yaratib berishi mumkin. "Liverpul" raqibni bosim ostida ushlab turishni yaxshi ko'radi va bunday pressingdan chiqish uchun driblingi kuchli futbolchi kerak bo'ladi. "Arsenal" tayanch yarim himoyachilari mayda pas orqali himoyadan hujumga o'tish uchun bunchalik tayyorgarlikka ega deb bo'lmaydi, ammo Pepe bu muammoni echimi bo'lishi mumkin.


O'tkazib yuborilgan gollarga qaramay, "Liverpul"ning himoyachi ishonchli

"Mersisaydliklar" joriy mavsumdagi barcha bahslarda gol o'tkazib yuborishdi, ammo bu sifat tushganini anglatmaydi. Trent Aleksandr-Arnold va Endi Robertson formasini tiklab olishmoqda. Klopp markazda Virjil van Deyk bilan o'ynaydigan futbolchini aniqlab olgani yo'q. Buning ustiga Alisson jarohat oldi. Bu muammolar tufayli jamoa gol o'tkazib yubormoqda, biroq bu tez orada to'xtaydi.

Yurgen Klopp Aleks-Oksleyd CHemberlenni qanotga qo'yib, Xendersonsiz o'ynashga urinmoqda, Divok Origi esa tez-tez maydonda paydo bo'lmoqda. Terma jamoalar tanaffusidan so'ng himoyadagi barcha muammolar hal bo'lishi kerak.


Taxminiy tarkiblar

"Liverpul": Adrian, Robertson, van Deyk, Matip, Aleksander-Arnold, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.


"Arsenal": Leno, Monreal, David Luis, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Torreyra, Genduzi, Pepe, Sebalos, Obameyyang, Lyakazett.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика