So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

“J” liga haqida nimalarni bilishimiz zarur? Yangiliklar

“J” liga haqida nimalarni bilishimiz zarur?

Teglar :  YaponiyaJ liga
Hamyurtimiz Fozil Musaev Yaponiya yuqori divizionida ishtirok etayotgan “Jubilo Ivata” klubi bilan shartnoma imzoladi.

SHu tariqa futbolchilarimiz to'p tepgan mamlakatlar geografiyasi yana kengayadigan bo'ldi. Biz uchun yangi makon bo'lgan Yaponiyada chempionat qanday tizimda o'tkaziladi va u qanday rivojlangan? SHu haqida qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Yaponiya professional futbol ligasi, boshqacha aytganda, bugungi kunda "J" ligasi nomi bilan deyarli butun jahonga mashhur bo'lib ulgurgan. Ushbu proliga dastlabki to'rt divizion bahslari, shuningdek, Yamazaki Nabisko va Imperator Kubogi bahslarini o'tkazishga javobgar.

YAPONIYA "J" LIGASI
Tashkil etilgan yili
: 1992.
Jamoalar soni: "J" 1 – 18, "J" 2 – 22, "J" 3 – 13, JFL – 16.
Amaldagi chempioni: "Kashima Antlers".
Eng ko'p chempionlikka erishgan klubi: "Kashima Antlers" (8 bor).
Rasmiy sayti: www.j-league.or.jp.


"J" liga tashkil etilishidan oldin Yaponiyada xuddi bizdagi singari professional klublar bo'lmagan. Avvallari barcha jamoalar Yaponiya futbol ligasi bahslarida ishtirok etishgan. Muxlislarning mahalliy chempionat o'yinlariga qiziqishi u qadar yuqori darajada emas, stadionlarning ahvoli haminqadar edi. Milliy terma jamoa ham Osiyoda kuchlilar qatoriga kira olmagan. Yaponiya futbol associaciyasi milliy birinchilikni professionallashtirishga qaror qildi va shu yo'l bilan mamlakatda futbolning taraqqiyot dasturini tuzib chiqdi. Unga ko'ra, barcha etibor proligani tuzish va uni asta-sekinlik bilan rivojlantirib borishga qaratilgan edi.

1992 yil "J" ligani tuzish haqida qaror qabul qilindi. Sakkiz jamoa birinchi diviziondan, bir klub esa ikkinchi diviziondan yangi proliganing birinchi mavsumida qatnashish uchun ruxsat oldi. SHuningdek, "SHimicu S-Puls" yangi tashkil topdi. Yaponiya futbol ligasi yarim professional jamoalar ishtirok etadigan ligaga aylantirildi.

Yangi liga rasman 1993 yilning 15 may kunidan startga chiqdi. "Verdi Kavasaki" va "Yokogama Marinos" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bilan Yaponiya futboli tarixida keskin ijobiy o'zgarishlarga qadam tashlandi. Eng qizig'i, reklama va jamoatchilik bilan ishlashga yaxshi etibor qaratilgani ishqibozlarning futbol o'yinlarini tomosha qilgani stadionlarga kelishiga sabab bo'ldi. Bungacha millionlar o'yini "samuraylar" mamlakatida ommaviyligi bo'yicha beysbol, golf hamda sumodan keyingi o'rinda zikr etilardi. Qisqa fursat ichida "J" liga mazkur sport turlariga munosib raqobatga kirishdi. Endilikda odamlar futbolga ham katta qiziqish bilan munosabatda bo'lishni boshlashdi. Buning sababi jamoalarning o'z tarkibiga mashhur va faoliyatlarini yakunlab borayotgan futbolchilarni qo'shib olayotgani bilan bog'liq edi. Har bir uchrashuvlar kunida milliy telekanal eng kamida bir uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilishni ananaga aylantirdi. 1994 yilgi mavsumda stadionlarga muxlislarning o'rtacha tashrifi rekord darajaga etgani kuzatildi - 19598. Bu natija hozirgacha yangilangani yo'q.

"J" liganing tez orada taraqqiy etishiga quyi diviziondagi jamoalarning iloji boricha tezroq professional darajaga ko'tarilishga harakat qilgani ham sabab bo'ldi. Keyingi mavsumlar ichida har yili klublar soni ikkitadan oshirib borildi.


Har doim yuqoriga ko'tarilishlardan so'ng pastga sho'ng'ish kuzatiladi. Buni har bir sohada kuzatish mumkin. Uch yilda juda tez taraqqiyotga erishgan "J" liga navbatdagi uch yillikda o'ziga xos inqirozga yuz tutdi. CHunki jamoalar faqat mashhur futbolchilar o'z saflariga jalb etishga urinib, katta miqdordagi mablag'ni ishlatib yubordilar. Yulduzlar uchun maosh to'lash ham yaxshigina summani talab qilardi. Qolaversa, faqatgina xorijlik faxriy yulduzlar ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatish muxlislar uchun qiziqarli bo'lmay qoldi. Yani, yaxshi infratuzilmani shakllantirmasdan turib, milliy chempionat saviyasini oshirish haqida gap bo'lishi ham mumkin emasdi. Buni Yaponiya tajribasi isbotlab berdi. 1996 yil muxlislar tashrifi keskin kamaydi. 1997 yilgi mavsumda esa o'rtacha ko'rsatkich 10131tani tashkil qildi. Ishqibozlar tashrifining kamaygani klublar homiylarini ham tashvishga soldi. Ular endi jamoa uchun avvalgidek mablag' sarflashmayotgandi. To'g'ri infratuzilmani yo'lga qo'ymasdan klublarga katta imkoniyatlarga ega bo'lgan homiylarni biriktirishning foydasi yo'qligi ko'zga tashlandi. Bu holat biz uchun ham saboq bo'lishi tabiiy.

1998 yil liga tarixida yana bir keskin o'zgarish ko'zga tashlandi. "Yokogama Marinos" iqtisodiy qiyinchiliklarga yuz tutdi. Jamoa homiylaridan biri sanalgan kompaniyaning shartnomani bekor qilgani sababli "Marinos" moliyaviy muammolar ostida qolib ketdi. Bunday muammoga ligadagi deyarli har bir klub duch keldi. "Fujita" kompaniyasi "Bellmar Xuracika" jamoasi bilan tuzilgan shartnomada ko'rsatilgan pullarni to'lay olmasligini bildirdi. Natijada "Liganing qulashi" deb nom olgan voqea yuzaga keldi. Agar proliga rahbariyati qandaydir o'zgarishlarga qo'l urmasa, "J" liganing muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi aniq bo'lib qoldi.
Nihoyat, liga rahbarlari rivojlanishning noto'g'ri yo'lidan ketayotganliklarini payqashdi. Muammolarga echim topish uchun esa ular ikki banddan iborat qoidalarni ishlab chiqishdi. Birinchidan, liganing 100 yillik loyihasi qabul qilinib, 2092 yilgacha mamlakatdagi professional jamoalar sonini 100taga etkazish kun tartibidan o'rin oldi. Yani, har bir mavsum uchun bittadan professional talablarga javob beradigan klubni shakllantirish rejalashtirildi. Jamoalar nafaqat futbol, balki umuman sport bilan bog'liq bo'lgan jihatlar bo'yicha rivojlanib borishi belgilandi. Liga rahbariyati klublarning mahalliy homiylar bilan aloqalari yaxshilanishiga umid qilishardi. Sport inshootlari qurish, stadion va klub tizimini yaxshilash orqaligina rivojlanish to'g'risida o'ylab ko'rish mumkin bo'lardi.


Ikkinchidan, infratuzilma bo'yicha talablar o'zgartirildi, aniqrog'i, qiyinlashtirildi. Endi "J" liga ikki diviziondan iborat etib belgilandi. Yarim professional jamoalar ligasidan to'qqiz klub va "J" ligadan bir jamoa "J" 2 ligasini tashkil etishdi. Avvalgi birinchi divizion esa uchinchi liga sifatida faoliyat ko'rsatishga o'tdi. "J" 2 ligasidagi klublar ham professional jamoalar oldiga qo'yilgan shartlarni bajarishga kirishdilar. Natijada asta-sekinlik bilan quyi divizion saviyasi ortib bordi. Hozirga kelib, milliy terma jamoa tarkibida "J" 2 ligasidan 3-4 nafar nomzod futbolchining borligini inobatga olsak, o'sha qarorning naqadar to'g'ri bo'lganligini payqashimiz mumkin.

Jamoalar ligalarga o'zlarining moliyaviy va boshqa imkoniyatlariga qarab ajratildi. SHu tariqa ikkinchi divizion klublari oldiga har jabha bo'yicha o'sib borish talabi qo'yildi. "Oita Trinita", "Albireks Niigata" hamda "Kavasaki Fronteyl" jamoalari sekinlik bilan shu yo'llarni bosib o'tishdi.

SHuningdek, muxlislar etiborini milliy chempionatga yana jalb qilish maqsadida uchrashuvlarda g'oliblarni aniqlashda yangilikka qo'l urildi. Endilikda har bir o'yinda qaysidir klubning g'alaba qozonishi shart etib qo'yildi. Agar bahs durang bilan yakunlansa, xuddi AQSH chempionatida bo'lgani kabi qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasi belgilanishi qayd etildi. 2003 yilga kelibgina bularning barchasi olib tashlandi. Bundan tashqari, 2004 yilgacha chempionat ikki qismdan iborat bo'lib, ularning g'oliblari o'ziga xos final bellashuvda to'qnash kelishardi. 2002 yil "Jubilo Ivata" hamda 2003 yil "Yokogoma Marinos" har ikki davrada g'olib chiqib, "pley-off"ga o'rin qoldirishmadi. Keyin esa bu holat reglamentdan o'chirildi. CHempionat formatining o'zgarishi Yaponiyada odatiy tarzda kuzatib turiladi. Hozir ham mavsum alohida ikki qismdan iborat tarzda o'tkazilib, yakunda final uchrashuvlarida davra g'oliblari va umumiy ochko to'plashda eng yaxshi natija qayd etgan klublar pley-off bellashuvlarida to'qnash kelishadi.


2005 yilgi mavsumdan boshlab, "J" 1 divizioni Evropa birinchiliklarida bo'lgani singari oddiy mavsumdan iborat bo'ldi. Ishtirokchilar soni esa 18taga etkazildi. Yaponiya futbolining muvaffqiyatlari ham o'shandan keyin yaqqol ko'zga tashlana boshlandi. Bungacha milliy terma jamoa uch bor Osiyo Kubogida zafar quchdi va jahon chempionatida ikki marta ishtirok etdi. Lekin yapon klublari Osiyo Kuboklarida umuman muvaffaqiyatsiz o'ynab kelayotgandi. Nihoyat, barcha ishlarning to'g'ri yo'lga qo'yilgani jamoalar saviyasini keskin darajada oshirib yubordi.

Bir necha yil mobaynida guruhdan ham chiqa olmagan yaponlar tez orada qitada gegemon sifatida etirof etila boshlashdi. Futbolchilarni akademiyada tarbiyalash uchun ishlab chiqilgan dastur o'z samarasini berdi. SHuning uchun Evropa klublarida ko'plab "samuraylar" faoliyat yuritib kelyapti. Hozirda yapon jamoalari translyaciya uchun televidenie bilan imzolangan shartnoma, muxlislarning stadionga tashrifi va atributlar sotuvi, shuningdek, homiylik shartnomalaridan katta miqdorda pul ishlab topishmoqda. Ikkinchi divizionda esa deyarli barcha klublar to'liq professional bo'lib shakllanib ulgurdi.

"J" liga rahbariyatining rejasiga ko'ra, shu yillar ichida "J" 3 divizionini ham shakllantirish asosiy vazifa bo'lib turibdi. Evropaning etakchi mamlakatlarida bo'lgani kabi birin-ketin quyi ligalar tashkil etiladi va unda klublar bosqichma-bosqich professional saviyaga ko'tarilib borishlariga imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, mahalliy hududlar chempionatlari va bolalar o'rtasidagi birinchilik o'tkazishni ham "J" liga bir oz vaqt o'tgach, o'z tasarrufiga olmoqchi.
Ayni paytda uch liganing ko'rsatkichlariga faqat havas qilish mumkin. Yuqori ligada o'rtacha tashrif 17968, ikkinchi divizionda 6973, uchinchi ligada 2432 nafarni tashkil etmoqda! Uchinchi liganing bizning viloyat chempionatlariga qiyoslash mumkin. Quyi bo'g'in sanalgan “Yaponiya futbol ligasi” bellashuvlariga o'rtacha 727 nafardan ishqiboz tashrif buyurmoqda. Qoyil! SHunday emasmi? SHu ligalardan keyingina hududiy chempionatlar o'tkaziladi. Unda umumiy 134 jamoa birinchi va ikkinchi ligaga bo'lingan holda turli hududlarda kurash olib boradi. Maktablar o'rtasidagi milliy chempionat ham katta qiziqishni jalb etib kelmoqda. Unda Yaponiyaning 48 g'oliblik uchun kurash olib boryapti. Uchrashuvlar televidenie orqali namoyish etib kelinadi. Ayni paytda Osiyoda eng ko'p licenziyalangan klubga ega ekanligi ham Yaponiyada futbol borasida, uning tuzilmasini rivojlantirishdagi ishlarning qay darajada ijobiy ekanini ko'rsatadi.

Yaponiya misoli ko'rsatadiki, rivojlanish uchun avvalo to'g'ri yo'nalishni tanlab olish zarur. Aks holda, futbol taraqqiyotida bir necha yilni boy berib qo'yish hech gap emas. Klublarga bo'lgan talablarni kuchaytirish, ularni nazorat qilish orqali bemalol jiddiy qadamlarni tashlasa bo'ladi. Bu borada xorij tajribalaridan o'rganish zarar qilmaydi.

Ushbu maqolada Yaponiyaning "J" ligasining rivojlanish yo'liga nazar tashladik. Agar biz ham ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yadigan bo'lsak, shu mamlakat chempionati yoki unga yaqin darajaga chiqib borish imkoniyatiga egamiz. Buning uchun jiddiy intilish, harakat va mehnat zarur bo'ladi.


Behzod Nazarov


Fozil Musaev Yaponiyada o'ynaydigan birinchi o'zbek futbolchisiga aylandi

Yapon ligasi bir qator Osiyo davlatlarini legioner maqomidan chiqardi

Fozil Musaev: "Osiyoning eng kuchli ligasiga o'tdim deb o'ylayman"

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика