Izzat G'aniev: “Samarqandga faqat g'alaba uchun borgandik”
16 mar 2015 21:02
Yangiliklar

Izzat G'aniev: “Samarqandga faqat g'alaba uchun borgandik”
Joriy mavsum yana kuchlilar safida ishtirok eta boshlagan “Qo'qon-1912” jamoasi o'tgan shanba kuni Samarqandda “Dinamo”ni 1:0 hisobida mag'lub etib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otdi deyish mumkin.
Mavsumdagi startni g'alaba bilan boshlagan qo'qonliklarning tabiiyki o'yindan so'ng kayfiyati chog' edi. Fursatdan foydalanib jamoa markaziy yarim himoyachisi Izzat G'aniev bilan suhbatlashdik.
- Izzat, avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikringiz qanday?
- Tabrik uchun rahmat. Albatta safarda g'alaba qozonish doimo yoqimli. Boz ustiga chempionatning ilk turidagi muvaffaqiyat yanada ruhlantiradi. Ayni paytda juda xursandman. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, bahs biz uchun oson o'tdi deb bo'lmaydi. Raqib jamoa ham ochko yo'qotmaslik maqsadida oxirigacha kurashdi.
- Bugun durang ham “Qo'qon-1912” uchun qoniqarli natija hisoblanarmidi?
- Yo'q, bilasizmi biz Samarqandga faqat g'alaba uchun kelgandik. SHunga monand tayyorgarlik ko'rildi. Safarda erishgan ushbu g'alabamiz balki boshqalar uchun sensaciya bo'lishi mumkin. Lekin biz uchun emas. Raqibni xurmat qilgan xolda, shuni aytishim mumkinki, “Qo'qon-1912” ham har bir o'yinda osonlikcha taslim bo'lmaydi.
- “Dinamo”dan qanday o'yin kutgandinglar?
- Samarqandliklar chempionatning ochilish o'yinida, boz ustiga o'z maydonida g'alaba qozonish uchun jiddiy qarshilik ko'rsatishini bilardik. Amalda shunday ham bo'ldi. Bugun omad ko'proq bizga kulib boqdi degan bo'lardim.
- Raqib jamoa safida qaysi futbolchi nisbatan ajralib turdi?
- Bu borada markaziy yarim himoyachilar Pavel Smolyachenko bilan Nikolay CHipevni aytaman.
- Bugungi erishilgan g'alabada stadionga tashrif buyurib, jamoani qizg'in qo'llab-quvvatlagan qo'qonlik ishqibozlarning o'rni ham sezilarli bo'ldi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- SHubhasiz. Ular bizning 12-o'yinchimiz bo'ldi deb aytgan bo'lardim. Qo'qonlik muxlislarning daldasini har bir futbolchi xis qilib o'ynadi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirib qolaman.
- Safarda qo'lga qiritilgan uch ochko keyingi turda “Paxtakor” bilan o'yin oldidan sizlarga yanada ruhiy dalda bo'lsa kerak?
- Rahbariyat va murabbiylar shtabi tomonidan oldimizga faqat g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgandi. Menimcha har bir futbolchi maydonga yutish uchun tushadi. Buni uddalaganimizdan xursanman. Aslida Samarqandda uch ochko olmasak bo'lmasdi. Negaki keyingi ikki tur mamlakatimizning grand klublariga qarshi kechadi. O'z maydonimizda “Paxtakor” va keyin safarda “Nasaf” bilan o'ynaymiz. Mazkur uchrashuvlarda ham jiddiy kurashamiz. SHu bois etiborimizni tezroq “Paxtakor” bilan bo'ladigan o'yinga qaratishimiz lozim.
- Oliy liganing yakuniga etgan 1-turida siz uchun kutilmagan natijalar qaysi o'yinda uchradi?
- Bu borada birinchi navbatda Namangandagi o'yinni aytgan bo'lardim. SHaxsan men “Navbahor”ni g'alaba qozonishini tahmin qilganman. Lekin “Mashal” safardan uch ochko bilan qaytdi. SHuningdek sobiq jamoam “Neftchi”ning o'z maydonida durang qayd etgani xayron qoldirdi.
- Bu yil jamoa tarkibiga yangi kelib qo'shildingiz. Aftidan yangi muhitga moslashib ketish siz uchun qiyin kechmayotgandek. SHundaymi?
- Ha. “Qo'qon-1912”da yaxshi “kollektiv” yig'ilgan. Futbolchilar yaxshi qabul qildi. Yangi muhitga moslashib ketishimda ularning ko'magi sezilarli bo'ldi degan bo'lardim. Bundan tashqari bosh murabbiy Rustam Abdullaev ham menga ishonch bildirdi. Ishonch bu o'yinchining saviyasini oshishini taminlaydi deb o'ylayman.
- Jamoangizni o'zgartirishingiz ko'proq nima bilan bog'liq?
- Bilsangiz “Neftchi”da ko'p vaqtimni zaxirada o'tkazib yuborayotgandim. Bu yil o'zimni “Qo'qon-1912”da sinab ko'rish varianti paydo bo'lganidan keyin, jamoamni o'zgartirishga qaror qildim.
- Ayni damda o'zingizni asosiy tarkib o'yinchisi deya ko'rasizmi?
- Albatta.
- Yangi jamoangizda Quvondiq Ro'ziev bilan tandem bo'lib o'ynamoqdasiz. Tushunmovchilik bo'lmayaptimi?
- Yo'q, Quvondiq yaxshi yigit. Maydonda mexnat qiladi. Asta-sekin bir-birimizni to'liq tushunib bormoqdamiz. O'ylaymanki o'yindan-o'yinga bu jarayon yaxshilanib boraveradi.
- Ko'pchilik bu yil oliy ligaga qaytgan “Qo'qon-1912”ga jiddiy qaramayotgandek. “Dinamo” ustidan qozonilgan g'alaba bunga javob bo'ldi deyish mumkinmi?
- Mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Har bir insonni o'ziga yarasha fikri bo'ladi. Men sizga aytsam “Qo'qon-1912” ham oliy ligaga shunchaki chiqqani yo'q. Har bir o'yinda jonkuyar muxlislarimizni mazmunli o'yin bilan xursand qilib, shu orqali g'alaba qozonish uchun astoydil kurashamiz. Agarda tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, bungacha oliy ligad o'ynagan futbolchilarni ko'rish mumkin. Andrey Baklanov, Nosir Otaqo'ziev hamda Aziz To'xtaboev kabi tajribali o'yinchilarning mavsum davomida katta foydasi tegadi deb o'ylayman.
- Klubda yaratilgan sharoitlar haqida nima deysiz?
- Bu erda rahbariyat tomonidan futbolga xususan, jamoaga etibor yuqori. Klub uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Bizdan faqat o'ynash talab etiladi.
Islombek Rustambekov

Fikrlar