Iyunda boshlanadigan U-17 Osiyo Kubogiga qachon qura tashlanishi malum. O'zbekiston 4-savatchadan o'rin olgan
14 mar 2023 11:00
Yangiliklar


Iyunda boshlanadigan U-17 Osiyo Kubogiga qachon qura tashlanishi malum. O'zbekiston 4-savatchadan o'rin olgan
Bu haqda Alisher Nikimbaev o'z sahifasi orqali xabar bermoqda.
Unga ko'ra, 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqichiga 30 mart kuni qura tashlanadi. Musobaqa 15 iyunda 2 iyulga qadar Tailandda o'tishi rejalashtirilgan.
Mezbon avtomatik tarzda “A” guruhidan joy oladi va 1-savatchada bo'ladi.
1-savatcha: Tailand, Yaponiya, Tojikiston, J.Koreya;
2-savatcha: Avstraliya, Hindiston, Eron, Yaman
3-savatcha: Malayziya, Vetnam, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni;
4-savatcha: Xitoy, O'ZBEKISTON, Qatar, Laos.
Eslatib o'tamiz, joriy turnirda yarim finalga chiqqan terma jamoalar shu yilning noyabr-dekabr oyida Peruda bo'lib o'tadigan 19-jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar